545
avariya-ta’mirlash xizmatlari va o‘zga xizmatlar bilan
yong‘inlarning
o‘chirilishini
tashkil
etishni
ta’minlashga doir hamkorligi
kelishuvlar bilan
tartibga solinadi.
Davlat
yong‘in
xavfsizligi
xizmati
bo‘linmalarining kuchlari va vositalarini favqulodda
vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga jalb qilish
tartibi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Yong‘inlarni o‘chirish uchun yong‘indan saqlash
xizmati bo‘linmalarining kuchlari va vositalarini jalb
qilishning
mintaqalararo
hamda
mahalliy
darajalardagi rejalari
mahalliy davlat hokimiyati
organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Yong‘inlar to‘g‘risidagi xabarlarni qabul qilish
uchun aholi punktlarining telefon tarmoqlarida yagona
raqam — 01 o‘rnatiladi.
Yong‘in kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi xabarni
olgach,
Davlat
yong‘in
xavfsizligi
xizmati
bo‘linmalari yong‘in joyiga darhol jo‘nab ketishi
shart. Zarur hollarda, yong‘inlarni o‘chirish chog‘ida
546
yong‘in kuchayishining (tarqalishining) hamda
yong‘in bilan bog‘liq bo‘lgan, odamlarga, yuridik va
jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, atrof tabiiy
muhitga tahdid soluvchi
xavfli omillarning oldini
olish uchun:
yong‘inlar tarqalgan (tarqalish ehtimoli bo‘lgan)
va xavf keltirib chiqaradigan joylarga kirib borishga
doir;
yong‘inlarning
kuchayishiga
(tarqalishiga)
to‘sqinlik qiladigan va ularni bartaraf etishni
ta’minlaydigan sharoitlarni yaratishga doir;
tashkilotlar va fuqarolarda mavjud bo‘lgan aloqa,
transport vositalaridan, asbob-uskunalardan, yong‘inni
o‘chirish vositalari va olovni o‘chirish moddalaridan
keyinchalik o‘rni belgilangan
tartibda qoplanishi
sharti bilan foydalanishga doir;
tegishli xizmatlarni jalb etgan holda jamoat
tartibini ta’minlash, yong‘inlar o‘chirilayotgan
joylarni qo‘riqlash (shu jumladan yong‘inlarning kelib
chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablarini,
sharoitlarini tekshirish chog‘ida), yo‘l harakatini
547
tartibga solish, evakuatsiya qilish va (yoki) yong‘in
kelib chiqqan joyda boshqa tadbirlarni amalga
oshirishga doir harakatlar bajariladi.
Yong‘indan
saqlash
xizmati
bo‘linmalari
yong‘inlarni o‘chirish, yong‘inlar
va avariyalarning
kelib chiqishi hamda kuchayishining (tarqalishining)
oldini olish bilan bog‘liq zarur ishlarni amalga
oshirishda yong‘inni o‘chirish maqsadi uchun tabiiy
va sun’iy suv manbalaridan suv bilan bepul
ta’minlanadi.
Asosli tavakkalchilik doirasida harakat qilgan
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining shaxsiy tarkibi
va yong‘inni o‘chirishda
qatnashgan boshqa
ishtirokchilar etkazilgan zararning o‘rnini qoplashdan
ozod qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: