www.ziyouz.com kutubxonasi
55
yo‘liqayotganingizda ko‘rmayin», deb qo‘llarini ko‘targan edilar, qo‘ltiqlarining oqi
ko‘rinib ketdi. Va yana: «Allohim, yetkazdimmi?» dedilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
211/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki birodarining
obro‘si yoki boshqa biror narsasiga zulm qilsa, dinor va dirhamlar (foyda) bo‘lmaydigan
Kun kelishidan oldin mana shu kunda rozi qilsin. (Agar bunday qilmaydigan bo‘lsa,
Qiyomat kuni) zolimning yaxshi amali bo‘lsa, zulmining miqdoricha mazlumga olib
beriladi. Agar yaxshiligi bo‘lmasa, mazlumning yomonligidan olib, zolimga yuklanadi»,
dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
212/9. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Qo‘lidan va tilidan musulmonlar omonda bo‘lgan kishi musulmon, deb aytiladi. Alloh
man qilgan narsadan chetlangan kishi muhojir, deb aytiladi», dedilar. Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
213/10. Va yana o‘sha zotdan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)ning yuklarini
ko‘tarib yuruvchi Kirkira ismli bir kishi vafot etganida Rasululloh (s.a.v.) «U
do‘zaxdadir», dedilar. Sahobalar (u vafot etganida) oldiga borishsa, unda o‘lja
taqsimlanmasidan oldin o‘g‘irlab olingan bir kiyimni ko‘rishdi. Imom Buxoriy rivoyatlari.
214/11. Abu Bakra Nufay’ ibn Horisdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.)
«Albatta yil Alloh yer va osmonlarni yaratgan kundagi shaklidek aylanib turibdi. Bir yil
o‘n ikki oydir. Undan to‘rttasi (urush) harom qilingan oydir. Ular Zulqa’da, Zulhijja,
Muharram, Rajab oylaridir. Bularning uchtasi ketma-ket kelib, to‘rtinchisi Jumodissoniy
bilan Sha’bon orasida keluvchi Rajabi-Muzar oyidir», deb so‘ngra: «Hozir qaysi oy?»
dedilar. Biz: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», dedik. Rasululloh (s.a.v.) sukut qilib,
jim bo‘lib qoldilar. Hattoki, biz u zot uni o‘zining ismidan boshqasi ila nomlasalar kerak,
deb o‘yladik. «Hozir Zulhijja oyi emasmi?» degandilar, biz: «Ha», dedik. Keyin
Rasululloh (s.a.v.) «Bu qaysi shahar?» dedilar. Biz: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq»,
dedik. Rasululloh (s.a.v.) sukut qilib, jim bo‘lib qoldilar. Hattoki, biz u zot uni o‘zining
ismidan boshqasi ila nomlasalar kerak, deb o‘yladik. «Bu Balad ul-harom (Makka) shahri
emasmi?» degandilar, biz: «Ha», dedik. Keyin Rasululloh (s.a.v.) «Bu qaysi kun?»
dedilar. Biz: «Alloh va rasuli biluvchiroq», dedik. Rasululloh (s.a.v.) sukut qilib, jim bo‘lib
qoldilar. Hattoki, biz u zot uni o‘zining ismidan boshqasi ila nomlasalar kerak, deb
o‘yladik. «Bu kun Qurbonlik kuni emasmi?» degandilar, biz: «Ha», dedik. Shunda
Rasululloh (s.a.v.) «Bu kun, bu shahar va bu oyda (qon to‘kishni) harom qilgani kabi
qonlaringiz va mollaringiz hamda obro‘laringizga tajovuz qilishni harom qildi. Sizlar tez
kunda Rabbingizga yo‘liqib, (bu dunyoda) qilgan amallaringiz haqida so‘ralasiz. Ogoh
bo‘linglar, yana mendan keyin ba’zilaringiz ba’zilaringizning gardaniga (qilich bilan) urib
kofir bo‘lib ketmasin. Ogoh bo‘linglar! Bu joyda hozir bo‘lganlar bo‘lmaganlarga bu
so‘zlarimni yetkazsin. Shoyadki, yetkazilgan kishilardan ba’zilari o‘zlari eshitgan
kishilaridan ko‘ra xotirasida saqlovchiroqdir», deb, so‘ngra: «Yetkazdimmi?» degandilar,
biz: «Ha, yetkazdingiz», dedik. Shunda u zot: «Alloh, O’zing guvoh bo‘l», deb aytdilar».
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
215/12. Abu Umoma Ibos ibn Sa’laba al-Horisiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
(s.a.v.) «Kimki musulmon kishining haqqini qasam ichib yeb ketsa, Alloh taolo unga
do‘zaxni vojib qilib, jannatni harom qiladi», dedilar. Shunda bir kishi: «Ey Allohning
rasuli, ozgina narsa bo‘lsa hammi?» deganida, Rasululloh (s.a.v.) «Agar (misvok uchun
ishlatiladigan) arok daraxtining shoxi bo‘lsa ham», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
216/13. Adiy ibn Umayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki biror
ishga boshliq bo‘lsa-da, u kishi ninadek yoki kattaroq narsani yashirsa, o‘sha olgan
narsasi bilan Qiyomat kuni keladi», deganlarida, ansoriylardan bo‘lgan bir qora kishi
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |