www.ziyouz.com kutubxonasi
52
202/3. Huzayfa va Abu Hurayralardan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.)
«Alloh taolo mahshargohda kishilarni jamlaydi. Mo‘minlar tik turishganida jannat ularga
yaqinlashtiriladi. Bular Odam alayhissalom huzurlariga kelib: «Ey otajon, siz bizlarga
jannatni ochdirib bering», deyishadi. Odam alayhissalom: «Axir jannatdan otalaringizni
xatosi chiqarib yubordi-ku! Men bu martabaning ahli emasman. Sizlar o‘g‘lim Ibrohim
xalilulloh huzuriga boringlar», deb aytadilar. Ular Ibrohim alayhissalom huzurlariga borib
(yuqoridagi taklifni aytishganida) bu zot: «Men sizlar aytgan narsaning ahli emasman.
Mening Allohga xalil (do‘st) bo‘lishim vositachi (Jabroil) orqalidir. Sizlar Muso
alayhissalom huzuriga boringlar. Chunki u zot Alloh bilan so‘zlashgandirlar», deydilar.
Ular Muso alayhissalom huzurlariga borib, (yuqoridagi taklifni aytishganida) bu zot ham:
«Men sizlar aytgan narsaning ahli emasman. Sizlar Allohning kalimasi va ruhi Iso
alayhissalom huzuriga boringlar», deydilar. Ular Iso alayhissalom huzurlariga borishsa,
bu zot ham: «U narsaning ahli emasman», deganlaridan keyin ular Mening huzurimga
borishadi. Menga izn berilganida o‘rnimdan turaman. Imon va qarindoshlik yuboriladi.
Bu ikkovi Sirot ko‘prigining ikki tomonida - o‘ng va chapida turg‘iziladi. Keyin avvalgi
jamoatlaringiz chaqmoq kabi Sirotdan o‘tishadi», deganlarida, men: «Ota-onam fido
bo‘lsin, qaysi narsa chaqmoq kabi o‘tadi?» desam, u zot: «Ko‘rmaysizlarmi, qanchalik
tez o‘tib, ko‘z ochib-yumgunicha qaytib keladi», dedilar, so‘ngra: «Shamol kabi o‘tadi.
So‘ngra qush kabi o‘tadi. Ko‘p kishilarni ko‘prikdan amallari olib o‘tadi. Nabiylaringiz esa
Sirot ko‘prigi ustida turib: «Ey Rabbim, omonda qil, omonda qil», deb turadilar. Hatto,
bandalarni amallari ko‘prikdan olib o‘tishga ojiz bo‘lib qoladigan darajaga yetadi. Kishi
yurib o‘tishga qurbi yetmay, sudralib o‘tadi. Ko‘prikning ikki tomonida tikonli ilgich
osilgan bo‘lib, buyurilgan kishini ilib olishga amr qilingandir. Tirnalangan kishi omonda
qolur. Ilinib qolgan kishi esa do‘zaxga ravona bo‘lur», dedilar. Abu Hurayraning joni
Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, jahannamning chuqurligi yetmish yillik yo‘ldir ».
Imom Muslim rivoyatlari.
203/4. Abu Xubayb Abdulloh ibn Zubayrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Otam Zubayr ibn
Avvom Jamal (voqeasi) kuni to‘xtab meni chaqirdilar. Men yonlariga borib turdim. «Ey
o‘g‘ilcham, bugun zolim yoki mazlumlargina o‘ldirilur. Men esa bugun mazlum holdagina
o‘ldirilmog‘imni afzal ko‘raman. Mening eng katta g‘amim qarzim ustidadir. Sen qanday
qaraysan? Qarzimizdan molimiz ortadimi?» deb, so‘ngra yana: «Ey o‘g‘ilcham, molimizni
sotib, qarzimizni uzgin», dedilar. Va uchdan bir qismini vasiyat qildilar. Ya’ni, (bosh
o‘g‘illari) Abdullohning bolalariga uchdan birini vasiyat qildilar. «Agar qarzni uzganingdan
keyin ortsa, ana shunday qilgin», dedilar». Hishomning aytishlaricha, Abdullohning
farzandlari, otalari Zubayrning bolalari Hubayb, Abbodlar bilan tengqur edi. Ana shu
paytda Zubayrning to‘qqiz o‘g‘il va to‘qqiz qizlari bor edi. Abdulloh aytdilar: «Otam
menga qarzlarini vasiyat qilaturib: «Ey o‘g‘ilcham, agar qarzni uzishda ojiz bo‘lib
qolsang, mavloimdan yordam so‘ragin», dedilar. Allohga qasamki, otam mavloim, deyish
bilan nimani iroda qilganlarini bilmasdan: «Ey otajon! Mavloingiz kim?» desam, otam:
«U Allohdir», dedilar. Men, qachonki, qarzni uzishda qiyinchilikka yo‘liqsam: «Ey
Zubayrning mavlosi, uning qarzidan najot bergil», desam, bas, U zot unga najot berar
edi. Otam Zubayr o‘sha urushda o‘ldirildilar. Va Madinada bir daraxtzor hamda o‘n bir
hovli, Basrada ikki hovli, Ko‘fada bir hovli, Misrda ham bir hovlidan tashqari biror dinor
ham va dirham ham qoldirmadilar. Bu zotning qarzdor bo‘lib qolishlariga sabab kishilar
biror omonatni huzurlariga olib kelishsa, uni qarz shaklida qabul qilib olardilar. «Agar
omonat deb qabul qilsam, uning (vaqt o‘tishi bilan) o‘z qiymatini yo‘qotishidan
qo‘rqaman», deb aytardilar. Zubayr (r.a.) biror yerga voliy bo‘lishga yoki soliq yig‘uvchi
bo‘lishga intilmadilar. Faqatgina Rasululloh Sh, Umar, Usmonlar (r.a.) bilan birga g‘azot
qilishga oshiqar edilar. Men otamning barcha qarzlarini hisoblasam, ikki million ikki yuz
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |