320-bob
Podshohni Shahanshoh, deb chaqirishning haromligi haqida, bu
lafz Allohdan boshqa kishiga ishlatilmaydi
1723/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Bir kishini
podshohlarning podshohi (shahanshoh), deb ismlash Alloh
huzuridagi eng yomon ismlardandir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Sufyon ibn Uyayna: «Podshohlarning podshohi xuddi Shahanshoh, deyishning o‘zidir»,
deganlar.
321-bob
Fosiq va bid’atchi hamda shularga o‘xshash kishilarni sayyid, deb
xitob qilishdan qaytarilgani haqida
1724/1. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Munofiq uchun
«sayyid» (boshliq), degan so‘zni ishlatmanglar, chunki munofiqni boshliq deb
bilsangizlar, Rabbingizning g‘azabini keltirgan bo‘lasizlar», deb aytdilar. Abu Dovud
rivoyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |