307-bob
Tuya va boshqa hayvonlarning bo‘yniga qo‘ng‘iroq osishning hamda
safarda it va qo‘ng‘iroq olib yurishning
karohiyati haqida
1689/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qaysi bir
(karvonda) it yoki qo‘ng‘iroq bo‘lsa, ularga rahmat farishtalari hamroh bo‘lishmaydi»,
dedilar. Imom Muslim rivoyati.
1690/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qo‘ng‘iroq
shaytonning karnay va surnaylaridandir», dedilar. Abu Dovud Imom Muslimning
shartlariga binoan sahih isnod ila rivoyat qilganlar.
308-bob
Axlatlarni yeydigan tuyani minishning karohiyati, agar u pok
narsalarni yeyishni boshlasa, go‘shti halol bo‘lib, karohiyat
ketishi haqida
1691/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) nopok narsalarni
yeyuvchi (jalola) tuyani minishdan man qildilar. Abu Dovud rivoyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |