Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
219
umidli ekani bayoni
Alloh taolo:
«Albatta Biz u (Qur’on)ni
qadr kechasida nozil qildik. (Ey Muhammad),
qadr
kechasi nima ekanligini siz qaerdan bilar edingiz. Qadr kechasi ming oydan
yaxshiroqdir. U (kecha)da
farishtalar va Ruh (ya’ni Jabroil alayhissalom)
Parvardigorlarining izni-ixtiyorila (yil davomida qilinadigan)
barcha ishlar bilan
(osmondan zaminga)
tushurlar. U (kecha)
to tong otgunicha tinchlik-omonlikdir».
(Qadr surasi, 1-5-oyatlar).
«Albatta biz uni bir muborak —
barokatli kechada nozil qildik» (Duxon surasi,
3-oyat), deb aytgan.
1188/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Kimki Qadr
kechasi uning fazilatiga ishonib, savob umidida kechani bedor o‘tkazsa,
oldingi gunohlari
kechiriladi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1189/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) sahobalaridan bo‘lgan
kishilar Ramazonning oxirgi o‘n kunligining yetinchisida Laylatul-qadrni tushlarida
ko‘rishdi. Rasululloh (s.a.v.)
«Men sizlarning tushingizda Ramazon oyi oxirgi o‘n
kunligining yettinchisida Qadr kechasiga muvofiq bo‘lganingizni ko‘rdim. Bas, kim bu
muborak kechani topmoqchi bo‘lsa, Ramazon oyi oxirgi o‘n kunligining yettinchisidan
axtarsin», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1190/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
Ramazon oyining oxrigi
o‘n kunligida e’tikof o‘tirib: «Qadr kechasini Ramazon oyining oxirgi o‘n kunidan
axtaringlar», derdilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1191/4. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Qadr kechasini Ramazon
oyi oxirgi o‘n kunligining toq kunlaridan axtaring», deb aytdilar.
Imom Buxoriy
rivoyatlari.
1192/5. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar Ramazon oyining
oxirgi o‘n kunligi kirsa, kechaning barchasini uxlamasdan o‘tkazardilar. Va o‘z ahli-
ayollarini ham uyg‘otib, yenglarini shimarib ibodatga astoydil sho‘ng‘irdilar.
Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1193/6. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
boshqa oylarda qilmagan
(ibodatlarini) Ramazon oyida astoydil bajarardilar. Ramazon oyida bajarmagan
(ibodatlarini) oxirgi o‘n kunlik (daha) da bajarardilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
1194/7. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Men: «Ey Allohning rasuli? Qadr kechasi
qaysi
kunligini bilsam, nima deb aytay?» desam, u zot: «Allohumma innaka afuvvun
tuhibbul ‘afva fa’fu’anniy», deb aytgin», dedilar (Ma’nosi: ey Rabbim, sen avf
qilguvchisan va avf qilishni yaxshi ko‘rasan. Meni avf et).
Imom Termiziy rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: