www.ziyouz.com kutubxonasi
216
va Muslim rivoyatlari.
1160/2. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechasi qizlari Fotima (r.a.)
huzurlariga kelib: «Sizlar namoz o‘qimadinglarmi?» dedilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
Foyda: Tungi namozning fazilati ulug‘ bo‘lgani uchun boshqalarni ham tungi namozga
uyg‘otish va ogoh etishga ruxsat berilgan.
1161/3. Solim ibn Abdulloh ibn Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
(s.a.v.) «Abdulloh muncha ham yaxshi inson, agar u kechalari (tahajjud) namozini
o‘qisa», dedilar. Solim (r.a.): «Abdulloh ibn Umar mana shu so‘zdan keyin kechasi
ozgina uxlaydigan bo‘ldi», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1162/4. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey
Abdulloh, falon kishi kabi bo‘lmagin. Avvaliga u kishi kechasi namoz o‘qirdi, keyin
kechasi turishni tark qildi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1163/5. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida
kechasidan to subhgacha uxlaydigan kishi zikr qilinganida Rasululloh (s.a.v.) u kishining
ikki yoki bir qulog‘iga shayton bavl qilib qo‘ygandir, dedilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
1164/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytadilar:
«Uxlayotgan vaqtingizda shayton bo‘yningizga uchta tugun
tugib qo‘yadi. Har tugunni harakatga keltirib, kecha hali uzun, yotaver, deydi. Agar kishi
uyg‘onib, Allohni zikr qilsa, tugunlarning biri yechiladi. Agar tahorat qilsa, ikkinchisi
yechiladi. Namoz o‘qisa, tugunlarning hammasi yechiladi va kishi nafsi pok, faol va
g‘ayratli bo‘lib tong orttiradi. Ammo uyquda yotaversa, nafsi iflos, dangasa bo‘lib
uyg‘onadi». Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1165/7. Abdulloh ibn Salomdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey insonlar,
salomni (tanigan va tanimaganlar orasida) yoying. Ovqat bilan (kambag‘allarni)
taomlantiring, qarindoshlarga yetishing. Kishilar uxlaganda namoz o‘qing, jannatga
omon holatda kirasizlar», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
1166/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ramazondan
keyingi ro‘zalarning eng afzali muharram oyidagi nafl ro‘zasidir. Farz namozlaridan
keyingi eng afzal namoz tundagi tahajjud namozidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
1167/9. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Tungi tahajjud
namozi ikki-ikki rakaatdir. Agar subh kirib qolishidan cho‘chisang, bir rakaat vitr
o‘qigin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari (Bu hadisni Shofe’iy
mazhabidagilar ixtiyor qilishgan. Bizning Hanafiya mazhabimizda esa vitr uch rakaat
o‘qiladi. Albatta bunga Hanafiya mazhabi ulamolari kelgusidagi Oishadan rivoyat qilingan
1171-raqamli va boshqa sahih hadisni dalil qilib keltirishgan. - Tarj).
1168/10. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechasi ikki rakat-ikki
rakaat o‘qib, bir rakaat vitr o‘qirdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
(Yuqorida aytganimizdek, bu hadisga Shofe’iy mazhabida amal qilishadi. Tarj.)
1169/11. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ba’zi oylarda og‘izlari
ochiq yurardilarki, hatto biz ro‘za tutmadilar shekilli, deb gumon qilar edik. Va ba’zi
oylarda ro‘za tutardilarki, hatto biz og‘iz ochmadilar shekilli, deb gumon qilar edik. Agar
u zotni kechalari namozda topishni xohlasang, namozda topar eding. Agar kechqurun
uyquda topishni xohlasang, uyquda topar eding. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |