212-BOB Kechasi bedor qoim bo‘lishning fazilati haqida
Alloh taolo:
«Kechaning (bir qismida) uyg‘onib, o‘zingiz uchun nafl (ibodat) bo‘lgan namozni o‘qing! Shoyadki Parvardigoringiz sizni (Qiyomat kunida) maqtovli maqomda tiriltirur» (Isro surasi, 79-oyat).
«Ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur (ya’ni tunlarini ibodat bilan
o‘tkazib, oz uxlaydilar)» (Sajda surasi, 16-oyat).
«Ular kechadan ozgina (fursatgina) ko‘z yumar edilar» (Vaz-Zariyot surasi, 17-
oyat), deb aytgan.
1159/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechalari bedor
bo‘lganlaridan ikki oyoqlari shishib ketar edi. Shunda men u zotga: «Nima uchun bunday
qilasiz, ey Allohning rasuli? Sizning avvalgiyu keyingi gunohlaringiz mag‘firat etilgan
bo‘lsa?» desam, u zot: «Nima, shukr qiluvchi banda bo‘lmaymi?» dedilar. Imom Buxoriy
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy