www.ziyouz.com kutubxonasi
167
huzurlariga borsak, har birimiz majlisning yetib kelgan joyiga o‘tirar edik. Ya’ni hech
kimni bezovta qilib, o‘rnidan turg‘izmas edik. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
826/4. Abu Abdulloh Salmon Forsiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Sizlardan biringiz juma kuni g‘usl qilib, qodir bo‘lganicha tozalanib, yog‘ surtib yoki
uyidagi xushbo‘y atirlardan sepib, uyidan chiqib, keyin masjidga borib, ikki kishi orasini
yormasdan (bo‘sh joyga o‘tirib) farz namozini o‘qisa va imom (xutbaga) chiqib
gapirayotganida jim tursa, o‘sha juma bilan narigi juma o‘rtasidagi gunohlari
kechiriladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
827/5. Amr ibn Shu’ayb otalaridan, otalari esa bobolaridan qilgan rivoyatlarida
Rasululloh (s.a.v.) «Biror kishiga ikki kishi orasini ularning iznisiz yorib o‘tirib olish joiz
emas», dedilar. Abu Dovud va imom Termiziy rivoyatlari.
Abu Dovudning rivoyatlarida: «Ikki kishining orasiga ularning iznisiz o‘tirilmaydi»
bo‘lib kelgan.
828/6. Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) halqaning
(yumaloq shaklda o‘tirish) o‘rtasida o‘tirgan kishiga la’nat aytdilar. Abu Dovud
rivoyatlari.
Termiziy Abu Mijlazdan (r.a.) qilgan rivoyatlarida esa: «Bir kishi halqaning o‘rtasiga
o‘tirgan edi. Huzayfa (r.a.): «Bu Muhammad alayhissalom tillari bilan la’natlangandir.
Yoki kimki xalqaning o‘rtasiga o‘tirsa, Alloh Muhammad alayhissalom tillari bilan
la’natlagandir», deb aytdilar» bo‘lib kelgan.
829/7. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Majlislarning
eng yaxshisi kengrog‘idir», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. Bu hadis imom Buxoriy
shartlariga binoan sahihdir.
830/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki majlisda
o‘tirganida befoyda so‘zlar ko‘payib ketsa: «Subhanakallohumma va bihamdika ashhadu
anla ilaha illa anta astag‘furuka vaatubu ilayka», deb aytsa, ana shu majlisda sodir
bo‘lgan gunohlari kechiriladi», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Senga hamd aytish ila Seni
poklab yod etaman. Guvohlik beramanki, Sendan boshqa iloh yo‘q. Senga istig‘for aytib,
tavba qilaman). Imom Termiziy rivoyatlari.
831/9. Abu Barzadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) majlis tugaganidan
keyin turishni xohlasalar, uning oxirida «Subhanakallohumma va bihamdika, ashhadu
anla ilaha illa anta astag‘firuka va atubu ilayka», deb aytardilar. Shunda bir kishi: «Ey
Allohning rasuli, siz bir so‘z aytdingiz, buni avval aytmagan edingiz», deganida,
Rasululloh (s.a.v.) «Mana shu kalimalar majlisda sodir bo‘lgan gunohlarga kafforatdir»,
dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
Imom Hokim ham mana shu hadisni «Mustadrak» kitobida Oishadan (r.a.) sahih isnod
ila rivoyat qilganlar.
832/10. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) quyidagicha duo qilib,
majlisdan turib ketardilar: «Allohumma aqsim lana min xoshyatika ma tahulu bihi
baynana va bayna ma’siyatika va min toatika ma tuballig‘una bihi jannataka va minal
yaqiyni ma tuhavvinu bihi a’layna masoibad dunyo. Allohumma matti’na biasma’ina va
absorina va quvvatina ma ahyaytana vaj’alhul vorisa minna vaj’al sa’rana ‘ala man
zolamana vansurna ‘ala man ‘adana vala taj’al musiybatana fiy diynina vala taj’alid
dunyo akbara hammina vala mablag‘a ‘ilmina vala tusallit ‘alayna man la yarhamuna».
(Ma’nosi: «Allohim, Senga qilinadigan gunoh ila bizning oramizni to‘sadigan qo‘rquvni va
jannatingga yetkazadigan toatingni hamda dunyo musibatlarini bizga yengillashtiradigan
yaqiynni (to‘la ishonchni) ulush qilib ber. Allohim, bizni tirikligimizda qulog‘imiz, ko‘zimiz
va quvvatimiz ila naflantirib, uni bizga merosxo‘r qil (Ya’ni, vafot etgunimizcha omonda
qil). O’chimizni bizga zulm qilganlarga qarat! Dushmanlarimiz ziyoniga bizga nusrat ber.
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |