www.ziyouz.com kutubxonasi
165
125-BOB
Yangi kiyim yoki poyafzal va shunga o‘xshash narsalar kiyganda
aytiladigan narsalar to‘g‘risida
811/1. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) yangi kiyim
sallami, ko‘ylakmi yoki ridomi, kiysalar «Bismilloh»ni aytib, so‘ng quyidagi duoni o‘qir
edilar: «Allohumma lakal hamdu anta kasavtaniyhi, as`aluka xoyrahu va xoyra ma
suni’a lahu va a’uzu bika min sharrihi va sharri ma suni’a lahu». (Ma’nosi: Ey Rabbim,
meni kiyintirganing uchun Senga hamd bo‘lsin. Sendan buning yaxshiligini va unga
qilingan yaxshilikni so‘rayman. Va buning yomonligidan va unga qilingan yomonlikdan
panoh tilayman.) Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |