120-BOB Tavozu’ bilan takabburlikdan saqlanish niyatida kiyimning oliysini tark etishning mahbubligi haqida
Bu bobga taalluqli hadislar 56-bobda ham kelgan.
800/1. Muoz ibn Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kimki kiyinishga
qodir bo‘la turib, Allohga tavozu’ qilgan holda (oliy navli) libos kiyishni tark qilsa, Alloh
taolo Qiyomat kunida xaloyiqning boshiga chaqirib, mo‘minlar (jannatda) kiyadigan
libosning xohlaganini tanlash huquqini beradi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
121-BOB
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy