Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/541
Sana31.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#276293
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   541
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

 
75-BOB 
Kechirimli bo‘lib, johillardan yuz o‘girish haqida 
 
Alloh taolo: 
«(Ey Muhammad), marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz 
o‘giring!» (A’rof surasi, 199-oyat), 
«Bas,  (shunday ekan, ey Muhammad, siz johil kimsalarning yetkazayotgan ozor-
aziyatlariga sabr-toqat qiling va ulardan) chiroyli yuz o‘girish bilan yuz o‘giring!» 
(Hijr surasi, 85-oyat), 
«Balki  (ularni)  avf qilib, kechirsinlar. Alloh sizlarni mag‘firat qilishini 
istamaysizlarmi?» (Nur surasi, 22-oyat), 
«(U taqvodor zotlar)... odamlarning  (xato-kamchiliklarini)  avf etadigan 
kishilardir. Alloh bunday yaxshilik qiluvchilarni sevadi» (Oli Imron surasi, 134-
oyat), 
«Albatta, kim (o‘ziga yetgan ozor-aziyatlarga) sabr qilsa va (intiqom olmay Alloh 
uchun)  kechirib yuborsa, shak-shubhasiz bu (ish) ishlarning maqsadga 
muvofig‘idir» (Sho‘ro surasi, 43-oyat), deb aytgan. 
642/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu onamiz Rasulullohga S: «Uhud kunidan 
tashqari sizning ustingizda boshqa yana qattiq kun bo‘lganmi?» deganlarida, Rasululloh 
(s.a.v.): «Ha, qavmingdan ozor yetdi. Bularning eng shiddatlisi Aqaba kuni ulardan 
yetgan ozordir. Men ibn Abduyolil ibn Abdukulolga o‘z da’vatimni taqdim qilganimda, u 
men xohlagan da’vatga quloq ham tutmadi. Shu alfozda xafa bo‘lib yo‘lga ravona 
bo‘ldim. Qarnussao’lib nomli yerga borganimda, o‘zimga kelib, boshimni ko‘tarsam, bir 
bulut ustimda soya bo‘lib turibdi. Qarasam, Jabroil alayhissalom turibdilar. Keyin u zot 
menga xitob qilib: «Albatta, Alloh taolo qavmingizning aytgan so‘zini va bergan 
raddiyalarini eshitdi. Hamda tog‘lar farishtasini xizmatingizga yubordi. Nima xizmatingiz 
bo‘lsa, buyuring, u bajaradi», dedilar. Keyin tog‘ farishtasi oldiga chaqirib, menga salom 
berdi. So‘ngra u: «Ey Muhammad, albatta, Alloh taolo qavmingiz sizga aytgan so‘zini 
eshitdi. Men tog‘ farishtasidirman. Alloh meni sizning xohlagan buyrug‘ingizni ro‘yobga 
chiqarish uchun yubordi. Agar xohlasangiz, ikki metin qoyani bir-biriga urayin, ular 
orasida qolib halok bo‘lishsin», dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «Balki ularning pushti 
kamaridan Allohga biror narsani sherik qilmay, yakka Uning o‘ziga ibodat qiluvchi 
kishilar chiqib qolishi mumkin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
643/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) biror kishini yo xotinlarini 
yoki xodimlarini qo‘llari bilan urmadilar. Faqatgina Alloh yo‘lidagi jihodda qo‘llari bilan 
urdilar. Va yana biror kishi tomonidan o‘zlariga yetgan ozor uchun o‘ch olmadilar. 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
133
Faqatgina Alloh muhtaram qilgan narsa behurmat qilinsa, Alloh uchun o‘ch olardilar. 
Imom Muslim rivoyatlari. 
644/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Men Rasululloh (s.a.v.) bilan birga ketayotgan 
edim. U zotning ustlarida hoshiyasi yo‘g‘on najroniy choponlari bor edi. Bir a’robiy u 
zotga yetib olib, haligi choponlaridan qattiq tortdi. Men u zotning bo‘yin tomonlariga 
qarasam, a’robiy choponlarini qattiq tortganidan hoshiyasining izi tushib qolibdi. Keyin u 
a’robiy: «Ey Muhammad, huzuringdagi Allohning mollaridan menga ham ber», dedi. 
Rasululloh (s.a.v.) uning bu muomalasiga kulib qo‘ydilar. Va keyin unga biror narsa 
berib yuborishni buyurdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
645/4. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohni (s.a.v.) ko‘rib 
turgandekman. U zot nabiylardan biri haqida (Allohning ularga salavoti, salomlari 
bo‘lsin) hikoya qilib: «U nabiyni qavmi urib, yuzlarini qonatib yubordi. U nabiy esa 
yuzlaridan qonni artib: «Allohim, qavmimni kechirgin. Chunki ular bilmasdan ozor 
berishdi», dedi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
646/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kurashda kuch 
bilan yengadigan odam kuchli emas, balki jahli chiqqanida g‘azabini bosib olgan kishi 
kuchlidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish