Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc


nasiba egasigina erishur»



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/541
Sana31.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#276293
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   541
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

nasiba egasigina erishur» (Fussilat surasi, 34-35-oyatlar). 
«Albatta, kim (o‘ziga yetgan ozor-aziyatlarga) sabr qilsa va (intiqom olmay Alloh 
uchun)  kechirib yuborsa, shak-shubhasiz bu (ish) ishlarning maqsadga 
muvofig‘idir» (Sho‘ro surasi, 43-oyat), deb aytgan. 
631/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Ashaj Abdulqaysga: 
«Senda ikki xislat bordir. Alloh o‘sha xislatingni yaxshi ko‘radi. 1. Halimlik. 2. Bosiqlik», 
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
632/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Albatta, Alloh taolo 
muloyimdir. Va har bir ishda muloyimlikni yaxshi ko‘radi», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
633/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Albatta, Alloh taolo 
muloyimdir. Va muloyimlikni yaxshi ko‘radi. Hamda qo‘pollik va bundan boshqa 
xislatlarga bermaydigan savobni unga beradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
634/4. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Albatta, muloyimlik biror 
narsaga aralashsa, o‘sha narsani ziynatlaydi. Ammo uni ajratib olinsa, u aybli bo‘ladi», 
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
635/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir a’robiy masjidga siyib yubordi. 
Odamlar uning ta’zirini berish uchun o‘rinlaridan turishganida, Rasululloh (s.a.v.): «Uni 
tek qo‘yinglar. Siygan joyiga bir paqir suv quyib yuboringlar. Albatta, sizlar oson etish 
uchun yuborilgansizlar. Qiyin qilish uchun yuborilmagansizlar», deb aytdilar. Imom 
Buxoriy rivoyatlari. 
636/6. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Oson qilinglar, qiyin qilib 
qo‘ymanglar. Xursandlik xabarini beringlar, qochirib yubormanglar», deb aytdilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
637/7. Jarir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kimki 
muloyimlikdan mahrum bo‘lsa, yaxshiliklarning barchasidan mahrum bo‘libdi», dedilar. 
Imom Muslim rivoyatlari. 
638/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasulullohga (s.a.v.)  «Ey 
Allohning Rasuli! Menga vasiyat qiling», deganida, u zot: «G’azab qilma», dedilar. Bu 
kishi bir necha marta so‘raganida ham Rasululloh (s.a.v.)  «G’azab qilmagin», dedilar. 
Imom Buxoriy rivoyatlari. 
639/9. Abu Ya’lo Shaddod ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 
«Albatta, Alloh taolo har bir ish ustida yaxshi ish qilishni lozim etgan. Agar biror 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
132
(hayvonni) o‘ldirsangiz yoki so‘ysangiz, chiroyli qilib so‘yinglar. Va sizlardan biringiz 
so‘yadigan narsasini qiynamasdan pichog‘ini o‘tkirlab olsin», de dil ar. Imom Muslim 
rivoyatlari. 
640/10. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohga (s.a.v.) qachon ikki ishning biri 
ixtiyor berilsa, agar unda gunoh bo‘lmasa, osonini tanlar edilar. Agar gunoh ish bo‘lsa, 
odamlarning undan eng uzog‘i bo‘lardilar. U zot o‘zlari uchun hech ham o‘ch olmasdilar. 
Bordiyu Alloh muhtaram qilgan narsa behurmat qilinsa, unda Alloh uchun o‘ch olardilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
641/11. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Sizlarga do‘zax 
harom kishini yoki do‘zax unga harom bo‘lgan kishining xabarini beraymi? U 
birodarlariga hojat vaqtida yaqin turadigan, tavozu’li va muloyim kishidir», dedilar. 
Imom Termiziy rivoyatlari. 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish