www.ziyouz.com kutubxonasi
100
shu dunyoning o‘zidayoq berib qo‘yildimi, deb qo‘rqamiz», dedilar-da, yig‘lab yubordilar.
Va ovqatlanishni ham tark qildilar». Imom Buxoriy rivoyatlari.
455/10. Abu Umoma Suday ibn Ajlon al-Bohiliydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
(s.a.v.): «Alloh taologa ikki tomchi va ikki oyoq izidan mahbubroq narsa yo‘qdir. Ular:
Allohdan qo‘rqib to‘kilgan yosh tomchisi va Alloh yo‘lida to‘kilgan qon tomchisi. Hamda
Alloh yo‘lida bosilgan qadam izi va Alloh farzlaridan birini ado etish uchun bosilgan
qadam izi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Bu bobga taalluqli hadislar juda ko‘pdir. Irboz ibn Soriyadan (r.a.) rivoyat qilingan
157-raqamli hadis ham bu bobga dalildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |