www.ziyouz.com kutubxonasi
105
«Och yurish va sodda hayot kechirish» bobidan boshlanadi.
56-BOB
Och yurish, sodda hayot kechirish, yeyish, ichish, kiyinishning oziga
ham qanoat qilish hamda nafs xohishi va shahvoniy
narsalarni tark etish xususida
Alloh taolo:
«So‘ng, ularning ortidan namozni zoe qiladigan va shahvatlarga beriladigan
kimsalar o‘rinbosar bo‘ldilar. Endi u (o‘rinbosarlar) albatta, yomonlikka (ya’ni
yomon jazoga) yo‘liqurlar. Magar tavba qilib, iymon keltirgan va yaxshi amallar
qilgan zotlargina (azobga duchor qilinmaslar). Bas, ular jannatga kirurlar va
ularga biron zulm qilinmas» (Maryam surasi, 59-60-oyatlar).
«So‘ng, (Qorun) qavmi oldiga yasan-tusan qilib chiqqan edi, hayoti-dunyoni
istaydigan kimsalar: «Eh, qani edi bizlar uchun ham Qorunga ato etilgan molu-
davlat bo‘lsa edi. Darhaqiqat, u ulug‘ nasiba egasidir», dedilar. Ilm-ma’rifat ato
Do'stlaringiz bilan baham: |