Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/541
Sana31.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#276293
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   541
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
71
«Do‘stim Rasululloh (s.a.v.) menga: «Agar sho‘rva pishirsang, suvini ko‘paytirgin. Va 
oila a’zolaringdan bo‘lgan qo‘shnilaringga ham yaxshilik ila undan quyib bergin», deb 
vasiyat qildilar». 
306/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Allohga qasamki, 
mo‘min emas! Allohga qasamki, mo‘min emas! Allohga qasamki, mo‘min emas!» 
deganlarida, sahobalar tomonidan «Kim u, ey Allohning rasuli?» deyildi. Shunda 
Rasululloh (s.a.v.): «Yomonliklaridan qo‘shnisi omonda bo‘lmagan kishidir», dedilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Muslimning rivoyatlarida: «Yomonliklardan qo‘shnisi omonda bo‘lmagan kishi jannatga 
kirmaydi», deyilgan. 
307/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey muslima ayollar, 
bir qo‘shni ikkinchi bir qo‘shnisiga agar qo‘yning tuyog‘ini tuhfa qilib berishda ham hech 
bir narsani oz ko‘rmasin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
308/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qo‘shni qo‘shnisini 
devoriga (yog‘och) mix qoqishdan man qilmasin», dedilar. So‘ngra Abu Hurayra (r.a.): 
«Nima uchun men sizlarni bu sunnatdan yuz o‘girgan holda ko‘ryapman?! Allohga 
qasamki, men sunnatni kaftlaringiz o‘rtasiga qo‘yaman (ya’ni, oralaringizga tashlab, bu 
mas’uliyatdan o‘zimni qutqaraman)», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
309/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kimki Allohga va 
oxirat kuniga imon keltirsa, qo‘shnisiga ozor bermasin. Kimki Allohga va oxirat kuniga 
imon keltirsa, mehmonini hurmat qilsin. Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, 
yaxshi narsalarni gapirsin yoki jim tursin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
310/7. Abu Shurayh al-Xuzo’iydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kimki 
Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, qo‘shnisiga yaxshilik qilsin. Kimki Allohga va 
oxirat kuniga imon keltirsa, mehmonini hurmat qilsin. Kimki Allohga va oxirat kuniga 
imon keltirsa, yaxshi narsalarni gapirsin yoki jim tursin», dedilar. Imom Muslim mana 
shu lafz ila rivoyat qilganlar. Imom Buxoriy esa ba’zisini rivoyat qilganlar. 
311/8. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Men: «Ey Allohning rasuli, mening ikki 
qo‘shnim bordir. Qaysi birlariga hadya qilay?» desam, u zot (s.a.v.) «Eshigi yaqiniga», 
dedilar». Imom Buxoriy rivoyatlari. 
312/9. Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Alloh 
huzuridagi do‘stlarning yaxshisi do‘sti uchun xayrli bo‘lganidir. Alloh huzuridagi 
qo‘shnilarning yaxshisi qo‘shnisi uchun xayrli bo‘lganidir», dedilar. Imom Termiziy 
rivoyatlari. 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish