Alloh taolo:
«Allohga bandalik qilinglar va Unga hech narsani sherik qilmanglar! Ota- onangizga hamda qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga, qarindosh qo‘shni va begona qo‘shniga, yoningizdagi hamrohingizga, yo‘lovchi musofirga va qo‘llaringizdagi qullaringizga yaxshilik qilingiz!», deb aytadi (Niso surasi, 36-
oyat).
304/1. Ibn Umar (r.a.) va Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Jabroil
alayhissalom menga qo‘shni haqida shunchalik davomli, ko‘p vasiyat qilganlaridan
qo‘shni merosxo‘r bo‘lsa kerak, deb gumon qildim», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 305/2. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Ey Abu Zarr, agar
sho‘rva pishirsang, uning suvini ko‘paytirib, qo‘shnilaringdan ham xabar olgin», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari. Muslimning yana bir boshqa rivoyatlarida shunday keltiriladi: «Abu Zarr (r.a.) aytdi: