www.ziyouz.com kutubxonasi
301
326-bob
Musulmon kishini «Ey kofir!» deb aytishning haromligi haqida
1731/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar kishi birodariga
«Ey kofir!» desa, ikkovidan biriga bu so‘z qaytadi. Ya’ni, agar birodari aytganidek bo‘lsa,
aytuvchiga hech narsa bo‘lmaydi. Bordi-yu, unday bo‘lmasa, aytuvchining o‘zi kofir
bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1732/2. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim boshqa bir
kishini kofir yoki Alloh dushmani, deb aytsa-yu, o‘sha narsa u kishida bo‘lmasa,
aytuvchining so‘zi o‘ziga qaytadi. Ya’ni, o‘zi kofir va Alloh dushmani bo‘ladi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
327-bob
Do'stlaringiz bilan baham: |