305-bob Gilamga, toshga, kiyimga, dirhamga, dinorga, bolishga, yostiqqa va boshqa narsalarga hayvonlar (va boshqa jonli narsalar) suratini chizishning haromligi haqida
1677/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)«Albatta bu suratlarni
chizganlarga qiyomat kuni azob beriladi. Va ularga «Suratlarni chizish orqali dunyoga
keltirdinglar. Endi mana shu yaratgan narsalaringizga jon kiritinglar», deyiladi», deb
aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1678/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) safardan kelganlarida
uyim tokchasiga surati bor qizil choyshab to‘sib qo‘ygan edim. U zot buni ko‘rib
(g‘azablari kelganidan) yuzlari o‘zgarib ketdi. Va: «Ey Oisha! Qiyomat kuni Alloh
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy