302-bob
O’lgan kishiga dod-voy solib yig‘lash, yuzini tirnab, yoqalarini
yirtish, sochlarini yulib olishdan hamda halokat va do‘zax so‘rab
duo etishdan qaytarilgani haqida
1656/1. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «O’likka
yig‘lansa, o‘sha sababdan unga azob beriladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda «Yig‘lagani muddaticha azob beriladi» bo‘lib kelgan.
1657/2. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim yuziga
urib, yoqalarini yirtib, johiliyat da’volari bilan dod-voy qilsa, bizdan emas», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1658/3. Abu Burdadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Musoni (r.a.) qattiq og‘riq tutib
hushlaridan ketib qoldilar. O’sha paytda u zotning boshlari xotinlarining tizzalarida edi.
Xotinlari u zotdagi bu holatni ko‘rib baqir-chaqir qilib yubordi. Abu Muso esa ularni
bunday qilib dod-voy qilishdan man etishga qurbilari yetmadi. Qachonki, hushlariga
kelganlarida: «Men Rasululloh (s.a.v.) daxlsiz bo‘lgan amaldan yiroqdirman. Chunki
Rasululloh (s.a.v.) o‘lgan kishini turli sifatlarini aytib voy-dodlab yig‘lovchidan, sochlarini
yuluvchidan va kiyimlarini yirtuvchidan o‘zlarini uzoq tutganlar», deb aytdilar. Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1659/4. Mug‘iyra ibn Sho‘‘badan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim vafot
etsa, unga ovoz chiqarib yig‘lansa, qiyomat kuni yig‘langani sababidan azoblanadi»,
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1660/5. Ummu Atiyyadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) bizdan
o‘lganlarga dod-voylab yig‘lamaslik haqida ham bay’at oldilar». Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
1661/6. No‘‘mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abdulloh ibn Ravoha (r.a.)
hushlaridan ketib qolganlarida, singillari «Voy tog‘im, voy undog‘im, voy bundog‘im»,
deb turli narsalarni aytib dodlab yig‘ladi. Qachonki, Abdulloh ibn Ravoha hushlariga
kelib, singillariga «Nimani aytib yig‘lagan bo‘lsang, menga «Haqiqatda shundaymiding?»
deb farishtalar tomonidan dashnom berilardi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.
1662/7. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Abdurahmon ibn Avf,
Sa’d ibn Abu Vaqqos, Abdulloh ibn Mas’udlar bilan birga Sa’d ibn Ubodani ko‘rgani
kirdilar. Qachonki, kirganlarida uni behush holatda ko‘rib: «Vafot etdimi?» deb
so‘radilar. Oila a’zolari: «Yo‘q, ey Allohning rasuli», deyishdi. Keyin Rasululloh (s.a.v.)
unga qarab turib yig‘lab yubordilar. Rasululloh yig‘laganlarini ko‘rib qavmdagilar ham
yig‘lashdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Eshitmadinglarmi, Alloh ko‘z yoshiga va qalbning
xafaligiga azoblamaydi. Lekin mana bunga azoblaydi yoki rahm qiladi», dedilar tillarini
ko‘rsatib. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1663/8. Abu Molik Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «O’liklarga
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |