270-bob
Hasadning haromligi haqida
Hasad - xoh diniy, xoh dunyoviy ne’matlarga birodari erishsa, o‘sha ne’mat undan
yo‘q bo‘lishini orzu qilishdir. Alloh taolo:
«Yoki odamlarga (ya’ni, Muhammad alayhissalomga) Alloh o‘z fazlu karamidan
bergan narsaga (ya’ni, payg‘ambarlikka) hasad qilyaptilarmi?» (Niso surasi, 54-
oyat) deb aytgan.
Bu bobga yana avvalgi bobda kelgan 1566-raqamli hadis ham dalildir.
1568/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Hasaddan
chetlaninglar. Chunki olov o‘tin yoki o‘t-xashaklarni yeganidek, hasad ham yaxshi
amallarni yeb bitiradi», dedilar. Abu Dovud rivoyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |