www.ziyouz.com kutubxonasi
237
etsa, uning amali to‘xtab qoladi. Faqat uch narsada to‘xtamaydi, ya’ni nomai a’moliga
yozilib boradi: 1. Sadaqai joriya, ya’ni kishilarga manfaati yetadigan yo‘lda qilingan
sadaqa, ehson. 2. Manfaatli ilm, ya’ni ta’lim berilgan ilm va yozib qoldirilgan asar. 3.
Ota-onasiga duo qiluvchi solih farzandning ortda qoldirilishi», deb aytdilar. Imom Muslim
rivoyati.
1383/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ogoh bo‘ling,
albatta dunyo va undagi narsalar la’natlangandir. Faqatgina Allohning zikri, shunga
yaqin narsalar hamda ilm beruvchi va ilm oluvchilar bunday emas», dedilar. Imom
Termiziy rivoyati.
1384/10. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim ilm talabida
(ko‘chaga chiqsa), toki qaytib kelgunicha Alloh yo‘lida, ya’ni toatidadir», dedilar. Imom
Termiziy rivoyati.
1385/11. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mo‘min
kishi oxiri - nihoyasi jannat bo‘lmaguncha yaxshilikka to‘ymaydi», dedilar. Imom
Termiziy rivoyati.
1386/12. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Obidga
qaraganda olimning fazli xuddi men bilan ichingizdagi past toifali kishi fazli kabidir», deb
aytdilar. Keyin yana: «Albatta Alloh, Uning farishtalari, yeru-osmon ahllari, hatto inidagi
chumoli hamda baliqlar ham odamlarga yaxshilik o‘rgatuvchi muallimga duoi xayrda
bo‘lishadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyati.
1387/13. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim ilm talabida
bir yo‘lga qadam qo‘ysa, Alloh taolo u bandaga jannat yo‘lini oson qiladi. Albatta
farishtalar tolibi ilm qilayotgan kishidan rozi bo‘lib, (yurayotgan yo‘liga) qanotlarini yozib
turishadi. Olim uchun yeru osmondagi narsalar, hattoki suvdagi baliqlar ham istig‘for
(gunohining kechirilishini) talab qilishadi. Obidga qaraganda olimning fazli boshqa
yulduzlarga qaraganda (to‘lin) oyning fazliga o‘xshaydi. Albatta ulamolar
payg‘ambarlarning merosxo‘ridir. O’sha payg‘ambarlar dinor yoki
dirham meros qoldirmaydi. Balki ular ilmni meros qoldirishadi. Kim mol-dunyo o‘rniga
ilmni olsa, hammadan ziyoda taqsimni qo‘lga kiritibdi», dedilar. Abu Dovud va Termiziy
rivoyatlari.
1388/14. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bizdan eshitgan
narsalarning aynan o‘zini yetkazgan kishining yuzini Alloh chiroyli qilsin. Ko‘pgina
yetkazilgan kishilar borki, eshituvchidan ko‘ra esida saqlovchidir», dedilar. Imom
Termiziy rivoyati.
Foyda: haqiqatda ba’zi yetkazilgan tobe’inlar eshitgan ba’zi sahobalardan
Rasulullohning (s.a.v.) hadislarini tushunishda bilimdonroq edilar.
1389/15. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimdan ilm
so‘ralsa-yu, u o‘sha bilgan ilmini berkitsa, qiyomat kuni olovdan bo‘lgan yugan ila
yuganlanadi», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
1390/16. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim Allohning
roziligini talab qilmay, balki mol-dunyoga yetishish maqsadida ilm talab qilsa, qiyomat
kuni o‘sha kishi jannat hidini topmaydi», dedilar. Abu Dovud rivoyati.
1391/17. Abdulloh ibn Amr Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Albatta
Alloh qiyomatga yaqin ilmni kishilar qalbidan tortib olish bilan sug‘urib tashlamaydi.
Balki ulamolarni vafot ettirish bilan barham beradi. Hatto olimlar qolmaydi. Odamlar esa
johillarni o‘zlariga boshliq qilib olishadi. Keyin ulardan diniy masalalar so‘ralsa, ilmsiz
fatvo berishadi. Bu bilan o‘zlari ham adashib, boshqalarni ham adashtiradilar», deb
aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |