229-BOB Dushanba va payshanba kunlari nafl ro‘za tutishning mahbubligi haqida
1254/1. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohdan (s.a.v.) dushanba kuni
ro‘za tutish haqida so‘ralganida u zot: «Bu kunda men dunyoga keldim va payg‘ambar
qilib yuborildim» yoki «bu kunda menga vahiy qilindi», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1255/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)«Amallar dushanba
va payshanba kuni ko‘rsatiladi. Ya’ni farishtalar ko‘rsatishadi. Amallarim ko‘rsatilayotgan
kunda ro‘zador bo‘lishim meni xursand qiladi» dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. Imom Muslim ham ro‘zani zikr qilmasdan rivoyat etganlar. 1256/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) dushanba va payshanba
kunlari ehtimom ila ro‘za tutardilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy