228-BOB
Shavvol oyida olti kun ro‘za tutishning mahbubligi haqida
1253/1. Abu Ayubdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim Ramazon oyida
ro‘za tutib, keyingi shavvol oyida olti kun ro‘zani ulasa, go‘yoki zamon (yil) bo‘yi ro‘za
tutgandek bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Foyda: Kim Ramazon oyida ro‘za tutib, unga shavvol oyidan olti kunni ulasa, go‘yoki
zamon (yil) bo‘yi ro‘za tutibdi. Chunki Alloh taolo: «Kim biron chiroyli amal qilsa, unga
o‘n barobar qilib (qaytarilur)», deb aytgan. Demak, bir oy Ramazon o‘n oyga to‘g‘ri
kelsa, olti kunimiz o‘n barobarga ko‘paytirsak, oltmish kun, ya’ni ikki oy bo‘ladi.
Hammasini qo‘shsak, o‘n ikki oy bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |