Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet306/541
Sana31.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#276293
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   541
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
196
183-BOB  
Maxsus suralar va oyatlar tilovatiga targ‘ib 
 
1008/1. Abu Said Rofe’ ibn Mu’allodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 
menga: «Ey Abu Said, masjiddan chiqishingdan oldin senga Qur’ondagi eng ulug‘ surani 
o‘rgataymi?» deb qo‘limdan ushlab (yura boshladilar). Masjiddan chiqmoqchi 
bo‘lganimizda men: «Ey Allohning Rasuli, siz menga Qur’ondagi eng ulug‘ surani 
o‘rgataman, dedingiz», desam, Rasululloh (s.a.v.)  «U yetti oyatdan iborat 
«alhamdulillahi robbil olamiyn» bo‘lib, menga berilgan ulug‘ Qur’on (sura) shudir», 
dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
1009/2. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «qul 
huvallohu ahad» surasini qiroat qilish haqida quyidagicha so‘z aytdilar: «Mening jonim 
Uning qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, albatta, bu sura Qur’onning uchdan biriga to‘g‘ri 
keladi». 
Boshqa rivoyatda Rasululloh (s.a.v.) sahobalarga: «Sizlardan biringiz bir kechada 
Qur’onning uchdan birini o‘qishga ojizmi?» deganlarida, bu so‘z sahobalarga og‘ir botdi. 
Va: «Ey Allohning Rasuli, qaysimiz bir kechada Qur’onning uchdan bir qismini o‘qiy 
oladi?» deyishganida, Rasululloh (s.a.v.)  «Qul huvallohu ahad Allohussomad» surasi 
Qur’onning uchdan bir qismiga to‘g‘ri keladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
1010/3. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi boshqa bir kishining 
«Qul huvallohu ahad» surasini o‘qiyotganini eshitdi. Tong otganida Rasululloh (s.a.v.) 
huzurlariga borib, go‘yo u kishi qilgan amalini kichik sanagandek qilib zikr etdi. Shunda 
Rasululloh (s.a.v.) «Mening jonim Uning qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, albatta, bu sura 
(o‘zi kichik bo‘lishiga qaramasdan) Qur’onning uchdan biriga teng keladi», dedilar. Imom 
Buxoriy rivoyatlari. 
1011/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qul huvallohu 
ahad» surasi haqida: «Albatta, bu sura Qur’onning uchdan bir qismiga teng keladi», 
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
1012/5. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey Allohning Rasuli, men «Qul 
huvallohu ahad» surasini yaxshi ko‘raman», deganida, Rasululloh (s.a.v.) «Albatta, buni 
yaxshi ko‘rishing seni jannatga kirgizadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. Imom 
Buxoriy ham «Sahih»larida ta’liq holda rivoyat qilganlar. 
1013/6. Uqba ibn Omirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bu kecha menga 
nozil qilingan oyatlarga qaramaysizlarmi? Bu kabi sura hali ko‘rilmagan. O’sha sura «Qul 
a’uzu birobbil falaq» bilan «Qul a’uzu birobbin nas»dir», dedilar. Imom Muslim 
rivoyatlari. 
1014/7. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ikkita «qul 
a’uzu» nozil bo‘lishidan oldin jinlardan va insonlarning ko‘zi tegishidan panoh tilab 
yurardilar. «Qul a’uzu» surasi nozil bo‘lganidan so‘ng u ikkisi bilan panoh tilab, boshqa 
panoh tilanadigan narsalarni tark qildilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
1015/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Qur’onda o‘ttiz 
oyatli bir sura bor. U (o‘qib yurgan) kishini shafoat qiladi. Hattoki gunohlari mag‘firat 
qilinadi. O’sha sura «Taborakallaziy biyadihil mulk»dir», dedilar. Abu Dovud va Termiziy 
rivoyatlari. 
1016/9. Abu Mas’ud al-Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim kech 
kirganda Baqara surasining oxiridagi ikki oyatni o‘qisa, unga kifoya qiladi», dedilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
(Ya’ni o‘sha kechasi buladigan turli ofatlar yetishidan kifoya qiladi. Yoki o‘sha kechasi 
qoim bo‘lishiga kifoya qiladi). 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish