92-BOB
Viqorli va bosiq bo‘lishning fazilati haqida
Alloh taolo:
«Rahmonning (suyukli) bandalari yerda tavozu’ bilan yuradigan, johil
kimsalar (bema’ni) xitoblar qilgan vaqtida ham: «Omon bo‘ling», deb javob
qiladigan kishilardir» (Furqon surasi, 63-oyat), deb aytgan.
702/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Rasulullohni (s.a.v.) mubolag‘a
tarzda hamda kichik tillari ko‘rinadigan darajada kulganlarini hech ham ko‘rmadim. U zot
faqat tabassum qilardilar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Foyda: Kulgini ozaytirishning mahbubligi aytilyapti. Chunki ko‘p kulgi Allohdan
g‘aflatda qolishga olib boradi hamda do‘stlar orasida obro‘ va haybatni ketkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |