Foyda: Kim o‘zini bir qavmga o‘xshatsa o‘shalar qatorida yoziladi. Hamda ularga
yetgan azobga bu ham giriftor bo‘ladi.
73-BOB Husnu xulq haqida
Alloh taolo:
«Albatta, siz ulug‘ Xulq ustidadirsiz» (Qalam surasi, 4-oyat).
«(U taqvodor zotlar)... g‘azablarini ichlariga yutadigan, odamlarning (xato-
kamchiliklarini) avf etadigan kishilardir» (Oli-Imron surasi, 134-oyat), deb aytgan.
620/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) insonlarning eng xulqlisi
edilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy