Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc


edik. O’shanda qavmdoshlari unga: «Hovliqmagin. Chunki Alloh hovliqma



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/541
Sana31.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#276293
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   541
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

edik. O’shanda qavmdoshlari unga: «Hovliqmagin. Chunki Alloh hovliqma 
kimsalarni suymas», deb aytgan» (Qasas surasi, 76-oyat). 
611/1. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kimning 
qalbida zarra misqolicha kibr bo‘lsa, u jannatga kirmaydi», deganlarida, bir kishi: «Ba’zi 
kishilar borki, yaxshi kiyim va yaxshi poyafzal kiyishni yaxshi ko‘radi (bu amali ham 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
129
kibr-havoga kiradimi?)», deganida, u zot: «(Yo‘q, bu amali kibr emas). Albatta, Alloh 
ko‘rkamdir. Va ko‘rkamlikni yaxshi ko‘radi. Aslida kibr haq so‘zni rad etib, odamlarga 
past nazar bilan qarashdir», de dil ar. Imom Muslim rivoyatlari. 
612/2. Salama ibn Akva’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) 
huzurlarida chap qo‘li bilan taom tanovul qildi. U zot: «O’ng qo‘lingda yegin», dedilar. 
Haligi kishi: «Bunga qodir emasman», dedi. Rasululloh (s.a.v.)  «Qodir ham bo‘lmagin, 
bundan faqat mutakabbirligi man qildi, xolos», dedilar. Shundan keyin haligi kishi (o‘ng) 
qo‘lini og‘ziga ko‘tara olmadi. Imom Muslim rivoyatlari. 
613/3. Horisa ibn Vahbdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Sizlarga ahli 
do‘zax kimlar ekani haqida xabar beraymi? Ular qo‘pol, dag‘al, gerdayib yuruvchi 
mutakabbirlardir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
614/4. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Jannat va 
do‘zax martaba talashib xusumatlashishdi. Do‘zax: «Menda zolimlar, mutakabbirlar 
bo‘ladi», dedi. Jannat: «Menda zaif va miskinlar bo‘ladi», dedi. Alloh taolo ularning 
o‘rtasida hukm qildi va: «Ey jannat, sen Mening rahmatimdirsan. Men xohlagan 
bandamga sen bilan rahmat qilaman (ya’ni, senga uni kirgizaman). Ey do‘zax, sen 
Mening azobimdirsan. Men xohlagan bandamga sen bilan azob beraman (ya’ni, senga 
uni kirgizaman). Ikkovlaringizni to‘ldirish Mening zimmamdadir», dedi», dedilar. Imom 
Muslim rivoyatlari. 
615/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kiyimini 
takabburlik bilan sudrab yuruvchi kishilarga Alloh taolo Qiyomat kuni (rahmat nazari ila) 
qaramaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
616/6. Abu Hurayraradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Uch toifa kishilar 
borki, Alloh taolo Qiyomat kuni ular bilan gaplashmaydi va poklamaydi. Ularga (rahmat 
nazari ila) qaramaydi ham. Hamda ular uchun alamli azob bordir. 1) Zinokor qariya. 2) 
Yolg‘onchi podshoh. 3) Kambag‘al mutakabbir», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
617/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: Alloh taolo: 
«Azizlik izorim, kibrlik esa ridoimdir (ya’ni bu ikki sifat menga xosdir). Kimki mening bu 
sifatlarim ustida men bilan nizo qilsa, uni azobimga giriftor qilaman», dedi. Imom 
Muslim rivoyatlari. 
618/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Bir kishi o‘ziga 
mahliyo bo‘lib, chiroyli kiyinib, sochlarini tarab, mutakabbirlarcha qadam qo‘yib yurib 
ketayotgan edi, Alloh taolo u kishini yerga yutqizib yubordi. U kishi endi Qiyomat 
kunigacha yerga sho‘ng‘ib boradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
619/9. Salama ibn Akva’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kishi gerdayib 
yurishda bardavom bo‘ladi, hattoki, shafqatsiz zolimlar qatoriga yoziladi. Va ularga 
kelgan azob bu kishiga ham keladi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish