65-BOB
O’limni eslash hamda orzularni kamaytirish haqida
Alloh taolo:
«Har bir jon o‘limni totguvchidir. Va Qiyomat kunida hech shak-shubhasiz
ajr-savoblaringizni komil suratda olursiz. Bas, kim do‘zaxdan chetlatilib,
jannatga kiritilsa, muhaqqaq (baxt-saodatga) erishgay. Bu hayoti dunyo esa
aldaguvchi matodir» (Oli Imron surasi, 185-oyat).
«Biron jon ertaga nima ish qilishini bila olmas. Biron jon qay yerda o‘lishini
ham bila olmas» (Luqmon surasi, 34-oyat),
«Bas, qachon ularning ajallari yetib kelganida esa uni biron soat ketga ham
sura olmaydilar», (Nahl surasi, 61-oyat),
«Ey mo‘minlar, na mol-dunyolaringiz va na bola-chaqalaringiz sizlarni
Allohning zikridan (ya’ni Allohga ibodat qilishdan) yuz o‘girtirib qo‘ymasin! Kimki
shunday qilsa, bas, ana o‘shalar ziyon ko‘rguvchi kimsalardir. Sizlarning (har)
Do'stlaringiz bilan baham: |