www.ziyouz.com kutubxonasi
112
Rasululloh (s.a.v.) yakka o‘zlari kelsalar, to‘ydira olamiz. Bordiyu boshqalar bilan birga
kelsalar, unda yetmaydi», deb hadisning qolganini zikr qilganlar.
57-BOB
Qanoatli, iffatli hamda ro‘zg‘orda, ehson qilishda tejamkor
bo‘lish va zarurat tug‘ilmaganda kishilardan
narsa so‘rashning karohiyati haqida
Alloh taolo:
«O’rmalagan narsa borki, barchasining rizqi Allohning zimmasidadir» (Hud
surasi, 6-oyat).
(Sadaqot-ehsonlar) Allohning yo‘lida to‘silgan (ya’ni o‘zlarini ushlagan), biror
yerga safar qilishga qodir bo‘lmaydigan, qanoatlari sababli bilmagan odamga
boy-badavlat bo‘lib ko‘rinadigan faqir-kambag‘allar uchundir.
Ularning (faqirliklarini) siymolaridan bilib olasiz. Ular odamlardan tilanib turib
olmaydilar» (Baqara surasi, 273-oyat).
Do'stlaringiz bilan baham: |