www.ziyouz.com kutubxonasi
110
kosasiga o‘tqazib qo‘ydilar. Va qovurg‘alaridan birini olib, tirab qo‘ydilar. Keyin katta
tuyani egarlab, uning ostidan o‘tkazdilar (u tuya o‘tib ketdi). Biz uning go‘shtidan
quritib, yo‘lga olib ketdik. Qachonki Madinaga yetib kelib, Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga
kirib, bu jonivor haqida zikr qilganimizda, u zot: «Bu Allohning sizlarga yuborgan
rizqidir», deb: «O’sha go‘shtdan o‘zinglar bilan olib kelgan bo‘lsanglar, menga ham
beringlar», dedilar. Biz o‘sha go‘shtdan Rasulullohga (s.a.v.) yuborganimizda, u zot
undan yedilar», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
518/29. Asmo binti Yaziddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) ko‘ylaklarining
yengi bilaklarigacha, ya’ni kaftlari bilan bilaklari o‘rtasigacha edi», dedilar. Abu Dovud va
Termiziy rivoyatlari.
519/30. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz Handaq kuni chuqur qaziyotganimizda
qattiq yeri chiqib qoldi. Sahobalar Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Bu yerning
qattiq joyi chiqib qoldi», deyishganida, u zot: «Men o‘zim tushaman», dedilar. So‘ngra
o‘rinlaridan turganlarida qorinlariga tosh bog‘langan edi. (Rasululloh (s.a.v.) ovqat topa
olmay shundoq qilardilar). Biz uch kun biror narsa totimagan edik. U zot cho‘qmorni
olib, haligi qattiq yerni u bilan urgandilar, u qumga aylanib maydalanib ketdi.
Shunda men: «Ey Allohning Rasuli, uyimga borishga ijozat bering», dedim. Keyin
uyimga borib xotinimga: «Bugun Rasulullohda (s.a.v.) bir holatni ko‘rdimki, unga hech
ham chidab bo‘lmaydi. Sening huzuringda biror yegulik bormi?» desam, xotinim:
«Menda arpa va echki bor», dedi. Men o‘sha echkini so‘ydim va arpani maydalab, un
qildim. Hamda go‘shtni qozonga soldim. Keyin xamir ko‘pib, o‘choqdagi qozon taomi
pishay, deganida, Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib: «Ey Allohning Rasuli! Men ozgina
taom tayyorlagan edim. O’zlari va bir-ikki kishini olib, qadam ranjida qilsalar», dedim, u
zot: «Taoming qancha?» dedilar. Men uning miqdorini aytdim. U zot: «Yaxshi, ko‘p
ekan. Sen xotiningga aytgin. Biz borgunimizcha qozondagi ovqatni suzmasin. Va
tandirdagi nonni uzmasin», deb, sahobalariga «Turinglar», deb aytdilar. O’sha joydagi
muhojir va ansoriylar turishdi. Men xotinim huzuriga kirib: «Alloh senga rahm qilsin!
Rasululloh (s.a.v.), muhojirlar, ansoriylar va ular bilan birga bo‘lgan kishilar bu yerga
kelishdi», desam, xotinim: «Rasululloh (s.a.v.) sendan nima borligini so‘radilarmi?»,
degan edi, men: «Ha», dedim. Rasululloh (s.a.v.) sahobalariga: «Kiringlar,
siqilishmasdan o‘tiringlar», deb, nonni sindirib, ustiga go‘sht qo‘yib, qozon va tandirning
ustini yopib qo‘yardilar. Agar undan biror narsa olsalar, mana shundoq non sindirib,
ovqatdan suzishda bardavom bo‘ldilar. Hattoki to‘yib, taomlaridan ortib ham qoldi.
Rasululloh (s.a.v.) «Bundan o‘zing ham yegin va hadya ham qilgin. Chunki odamlarga
ochlik yetdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda Jobir (r.a.) quyidagicha so‘zladilar: «Chuqur qazilgan kuni
Rasulullohni (s.a.v.) och holda ko‘rdim. Keyin xotinim oldiga borib: «Senda yegulik biror
narsa bormi? Chunki men Rasulullohning (s.a.v.) qattiq och qolganlarini ko‘rdim»,
desam, xotinimda, xaltada bir so’ arpa bor ekan, uni olib chiqdi. Va uyimizda bir jonivor
bor ekan, uni so‘ydim. Xotinim arpani maydalab, un qildi. Men go‘shtni qozonga solib,
keyin Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga jo‘nadim. Xotinim esa: «Rasululloh (s.a.v.) bilan
birga ko‘pchilikni olib kelib, meni sharmanda qilib qo‘ymang», deb qoldi. U zot
huzurlariga kelib, sekin past ovozda: «Ey Allohning Rasuli, biz bir jonivor so‘yib hamda
bir so’ arpani maydalab, un qilib taom hozirlagan edik. O’zingiz va siz bilan birga bir
necha nafar kishi qadam ranjida qilsanglar», desam, u zot baland ovozda: «Ey Handaq
ahllari, kelinglar, birodaringiz Jobir sizlarga ziyofat uyushtiribdilar», dedilar. Keyin u zot
menga: «Biz borgunimizcha qozondagi taomni suzmanglar va xamirlaringizni non qilib
pishirmanglar», dedilar. Keyin men uyga keldim. Rasululloh (s.a.v.) ham, kishilar ham
yetib kelishdi. Men xotinim oldiga kirsam, u: «Siz undoq, siz bundoq», deya gapira
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |