www.ziyouz.com kutubxonasi
104
Termiziy rivoyatlari.
478/23. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ko‘chmas
mulklarga (er-suv) ega bo‘lishga kirishmanglar. Chunki u dunyoga rag‘batlaringizni
ziyodalashtiradi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
479/24. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Qamishdan bo‘lgan
uyimizni isloh etayotganimizda Rasululloh (s.a.v.) oldimizdan o‘tib qoldilar. Va: «Bu
nima?» degandilar, biz: «Qulab ketgan devorni isloh qilmoqdamiz», dedik. Shunda
Rasululloh (s.a.v.) «Ishni bundan ham tezroq deb bilaman», dedilar». Abu Dovud va
Termiziylar rivoyati.
480/25. Ka’b ibn Iyozdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Har bir
ummatning fitnasi bordir. Mening ummatimning fitnasi mol-dunyodir», dedilar. Imom
Termiziy rivoyatlari.
481/26. Usmon ibn Affondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Odam
bolalarining quyidagi narsalardan boshqa hech bir haqqi yo‘qdir: yashaydigan uyi,
avratini to‘sadigan kiyimi, nonning o‘zi hamda suv», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
482/27. Abdulloh ibn Shixxirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga
borsam, u zot «Alhakumut takosuru» surasini o‘qiyotgan ekanlar. Shunda u zot: «Odam
bolasi molim, molim, deydi. Ey odam bolasi, molingdan yeb tugatganing va kiyib
eskitganing hamda sadaqa qilib sarf etganing o‘zingnikidir (qolgani esa
boshqalarnikidir)», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
483/28. Abdulloh ibn Mug‘affaldan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh
(s.a.v.)ga: «Ey Allohning rasuli, Allohga qasamki, men sizni yaxshi ko‘raman», dedi.
Shunda u zot: «Nima deyayotganingga qaragin», dedilar. U yana: «Allohga qasamki,
men sizni yaxshi ko‘raman», deb uch marta aytdi. Rasululloh (s.a.v.): «Unday bo‘lsa,
kambag‘allik kiyimini lozim tut. Chunki meni yaxshi ko‘rgan kishiga kambag‘allik sel
oxiriga borib ulgurmasidan ham tezroq yetib boradi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
484/29. Ka’b ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Qo‘ylar orasiga
ikkita och bo‘ri qo‘yib yuborilganida, ularni qay tarzda barbod qilsa, kishini mol-dunyo va
sharaf-izzatga bo‘lgan hirsi undan ham ko‘proq fasod qiladi», dedilar. Imom Termiziy
rivoyatlari.
485/30. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Bir kuni Rasululloh (s.a.v.)
bo‘yra ustida uxlagan edilar, ikki yonlariga uning izi tushib qolibdi. Shunda biz: «Ey
Allohning rasuli, sizga to‘shak solib beramiz», degandik, u zot: «Dunyo bilan mening
nima aloqam bor?! Dunyoda men xuddi daraxt ostida biroz soyalanib, keyin u yerni
tashlab ketadigan yo‘lovchiga o‘xshayman», dedilar». Imom Termiziy rivoyatlari.
486/31. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kambag‘allar
jannatga boylardan besh yuz yil oldin kirishadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
487/32. Ibn Abbos (r.a.) va Imron ibn Husaynlardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
(s.a.v.): «Jannatga boqdim, ko‘rdimki, u yerdagilarning aksariyati kambag‘allar ekan.
Hamda do‘zaxga boqdim, ko‘rdimki, u yerdagilarning aksariyati ayollar ekan», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
488/33. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Jannat
darvozasi oldida turib qarasam, u yerga kirayotganlarning ko‘plari bechora-miskinlar
ekan. Boylar esa tashqarida ushlab turilibdi. Lekin do‘zax ahllarini esa do‘zaxga tashlash
buyurilibdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
489/34. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «So‘zlarning eng
to‘g‘risi Labid ismli shoirning: «Ogoh bo‘ling! Allohdan boshqa barcha narsa botil, ya’ni
bekordir», deb aytgan so‘zidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Alloh taoloning lutfu inoyati ila birinchi jild shu yerda tugadi. Ikkinchi jild, inshaalloh,
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |