www.ziyouz.com kutubxonasi
74
324/11. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qarindoshlik rishtasi
Arshga osilgan holda turadi va u: «Kim menga yetishsa, Alloh ham unga yetishsin. Kim
mendan aloqani uzsa, Alloh ham undan aloqani uzsin», deb aytadi», dedilar. Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
325/12. Mo‘minlar onasi Maymuna binti Horisdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu kishi
Rasululloh (s.a.v.)dan izn so‘ramay turib, bir cho‘rini ozod qilib yubordilar. Qachonki,
navbat kechalarida Rasululloh (s.a.v.) bu onamiz huzurlariga kelganlarida, «Ey Allohning
rasuli, men cho‘rimni ozod qildim. Bu haqda xabaringiz bormi?» dedilar. Rasululloh
(s.a.v.) «Shunday qildingizmi?» dedilar. Bu onamiz: «Ha», deganlarida, Rasululloh
(s.a.v.) «Agar buni tog‘alaringizga berganingizda savobi ko‘proq bo‘lar edi», deb
aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
326/13. Asmo binti Abu Bakr Siddiqdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.)
zamonlarida mening huzurimga (hali Islomga kirmagan) mushrik onam keldi. Men
Rasululloh (s.a.v.)dan fatvo so‘rab: «Onam mendan bir narsa umidida uyimga kelibdi.
Unga silai rahm yuzasidan ehson qilaveraymi?» desam, u zot: «Ha, onangga silai rahm
qilavergin», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
327/14. Abdulloh ibn Mas’udning (r.a.) xotinlari Zaynab as-Saqafiyyadan (r.a.) rivoyat
qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) «Ey xotinlar jamoasi, taqinchoqlaringizdan bo‘lsa ham,
sadaqa qilinglar», deganlarida, men erim Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) huzurlariga kelib:
«Siz kambag‘al va qo‘li qisqa kishisiz. Rasululloh (s.a.v.) esa bizga sadaqa qilishni
buyurdilar. Siz u zot huzurlariga borib so‘rang-chi, agar sizga sadaqa berishim joiz
bo‘lsa, uni berayin. Agar joiz bo‘lmasa, boshqa kishiga beray», dedim. Shunda erim
Abdulloh: «O’zingiz bora qoling», dedi. Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga jo‘nadim. Borsam,
darvozalari oldida bir ansoriya ayol ham turgan ekan. Uning hojati ham mening hojatim
kabi ekan. Rasululloh (s.a.v.)ning haybatlari kuchli edi. Shu payt Bilol (r.a.) huzurimizga
chiqib qoldilar. Biz unga: «Rasululloh (s.a.v.)ning huzurlariga borib ikki xotin masala
so‘rash uchun kelganliklarining xabarini ber. Ya’ni, o‘z erlariga va qo‘ynilaridagi
yetimlarga mollaridan sadaqa berishlari joizmi? Shuni aytgin-da, ammo bizlarning kim
ekanimizni so‘zlama», dedik. Bilol (r.a.) Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirib, bu haqda
so‘raganlarida, u zot: «U ikkovi kim?» dedilar. Bilol: «Ansoriya bir ayol va Zaynab»,
dedilar. Rasululloh (s.a.v.) «Qaysi Zaynab?» dedilar. Bilol (r.a.): «Abdullohning xotini»,
deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) «Ularga ikki ajr beriladi. Biri -qarindoshlik ajri, ikkinchisi
- sadaqa ajri», deb aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
328/15. Abu Sufyon Saxr ibn Harbdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Hiraql qissasidagi uzun
hadisda keltirilishicha, Hiraql Abu Sufyondan: «Yangi Payg‘ambar nimalarga
buyurmoqda?» deb so‘raganida, Abu Sufyon: «Yakka Allohga ibodat qilishga, Unga biror
narsani sherik qilmaslikka, otalarimiz aytgan narsani tark qilishga, namoz o‘qishga,
rostgo‘y bo‘lishga, iffatlilikka, silai rahmga buyurmoqda», deb aytdi. Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
329/16. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Sizlar yaqin kunlarda
bir yerni fath qilasizlar. U yerda Qiyrot (kalimasi) ishlatiladi», dedilar.
Boshqa rivoyatda: «Yaqin kunlarda Misr fath qilinadi. U yer Qiyrot deb nomlanadi. U
yer ahliga yaxshilik qilish vasiyatini mendan olinglar. Chunki ularga ahdlashuv va
qarindoshlik tomonimiz bor», deyiladi.
Yana boshqa bir rivoyatda: «Agar u yerni fath qilsangizlar, u yer ahliga chiroyli
muomalada bo‘linglar. Chunki ahdlashuv va qarindoshlik yoki ahdlashuv va qudachilik
tomonimiz bor», deyilgan. Imom Muslim rivoyatlari.
Ulamolar: «Qarindoshlik tomoni - Ismoil alayhissalom onalari Hojar o‘sha yerlik
bo‘lganlar. Qudachilik tomoni -Rasululloh (s.a.v.)ning o‘g‘illari Ibrohimning onalari
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |