Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
312
u rejadan orqaga chekinishingizni ep ko‘rmaymiz», deyishdi. Ba’zilari esa: «Siz bilan
birga boshqa odamlar va Rasulullohning (s.a.v.) sahobalari ham bor. Ularni mana bu
vabo kasaliga olib borishingizni ep ko‘rmaymiz», deyishdi. Umar (r.a.): «Mening
huzurimdan turinglar», deb aytdilar. Keyin u zot: «Huzurimga ansoriylarni chaqir»,
dedilar. Men ularni chaqirib kelgan edim, ular bilan ham maslahatlashdilar. Ansoriylar
ham muhojirlar kabi ixtilof qilib ikki xil fikr aytishdi. Umar
(r.a.) ularga ham:
«Huzurimdan turinglar», deb aytdilar. So‘ngra u zot: «Huzurimga Makka fath bo‘lishidan
oldin Islomga kirgan Quraysh oqsoqollarini chaqir», dedilar. Men ularni chaqirdim.
Ulardan hech bir kishi ixtilof qilmadi. Ular: «Ey Umar ibn Xattob, siz odamlar bilan qaytib
ketishingizni maslahat beramiz. Mana bu vabo kasali tarqagan joyga ularni olib
kirmang», deb aytishdi. Shu maslahatdan keyin Umar (r.a.) odamlarga qarata: «Tongda
men (Madinaga) qaytib ketaman. Sizlar ham qaytinglar», dedilar. Abu Ubayda al-Jarroh
(r.a.) Allohning qadaridan (taqdiri azalida bitib qo‘yilgan narsasidan) qochib
ketyapsizmi?» dedilar. Umar (r.a.): «Qaniydi, bu gapni sendan boshqa kishi aytganda
edi», dedilar. Chunki Umar (r.a.) Abu Ubaydaga xilof chiqishni yomon ko‘rardilar. Va
yana Umar (r.a.): «Ha! Allohning (yomon) qadaridan Allohning (yaxshi) qadariga
qochyapmiz. Ey Abu Ubayda, menga xabar ber-chi, agar senda tuyalar bo‘lsa va ular bir
vodiyga tushsa-da, u vodiyning ikkita maydoni bo‘lsa, biri ko‘kalamzor, ikkinchisi esa
qup-quruq bo‘lsa va sen ko‘kalamzorda o‘tlatishing ham Allohning qadari, qup-quruq
yerida o‘tlatishing ham Allohning qadari emasmi?» dedilar. Shu payt Abdurahmon ibn
Avf kelib qoldilar. Bu sahoba ba’zi zarur ishlari tufayli bu yerda yo‘q edilar. Abdurahmon
ibn Avf (r.a.): «Mening bu haqda Rasulullohdan (s.a.v.) eshitgan narsam bor. Rasululloh
(s.a.v.): «Agar bir joyda vabo tarqalibdi, deb eshitsangizlar, u yerga kirmanglar. Agar
sizlar turgan makonda vabo tarqasa, u yerdan qochib chiqib ketmanglar», deganlar»,
deb aytdilar. Buni eshitgan Umar ibn Xattob Alloh taologa hamd aytdilar va (Madinaga)
jo‘nadilar».
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1791/2. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar bir
yerda o‘lat (vabo) kasali tarqabdi, deb eshitsangizlar, u yerga kirmanglar. Agar sizlar
yashab turgan joyda o‘lat kasali tarqasa, u yerdan chiqib ketmanglar», deb aytdilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Foyda: epidemiya tarqagan joyga kirish yoki o‘zi yashab turgan joyda tarqalsa, u
yerdan qochib chiqib ketish taqiqlanmoqda. Bugungi kunimizda buni «karantin», deb
nomlashadi. Chunki yashab turgan makonda vabo tarqasa, u yerdan qochib chiqqan
kishi o‘zi bilan birga zararli mikroblarni ergashtirib, sog‘lom kishilarga yuqtirishi mumkin.
Mana shu narsaga amal qilish Alloh taologa tavakkal qilishga qarama-qarshi narsa emas.
Balki sabablarning oldini olish va halokatga eltuvchi narsalardan o‘zini uzoq tutish va
ayni Allohga tavakkal qilishlikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: