Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
309
ota-ona bir inisi bo‘lsa ham.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1775/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rpasululloh (s.a.v.)
«Tashqaridan kelgan
mollarni shahar bozoriga yetib kelmasidan oldin yo‘liga chiqib sotib olmanglar», deb
aytdilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1776/3. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Karvon yo‘liga
chiqib, molini sotib olmanglar va shaharlik odam tashqaridan kelgan kishining molini
sotmasin», deganlar. Imom Tovus Ibn Abbosdan (r.a.): «Shaharlik qishloqdan
keladiganning molini sotmasin, deyilgani nima?» deb so‘raganlarida, Ibn Abbos:
«Dallollik qilmasin, ya’ni qishloqdan kelgan kishi o‘zi olib kelgan narsasini o‘zi sotsin»,
dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1777/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) shaharlik
qishloqdan kelgan kishining molini sotishdan man etdilar. Va: «Boshqalarni aldab narxini
oshirmasin, birodari savdosi ustiga savdolashmasin, birodari sovchi bo‘lgan qizga sovchi
yubormasin, kundoshli xotin kundoshini taloq qilib yuborishini, ya’ni hamma narsaga o‘zi
ega bo‘lib olishni eridan so‘ramasin», dedilar.
Boshqa rivoyatda aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) karvon hali shaharga kirmay turib
uni sotish niyatida qo‘lga kiritishdan, xotin bo‘lajak kundoshiga taloq berilsa, nikohga
chiqishini shart qilishdan va birodari savdosi ustiga savdolashishdan hamda narxlarni
soxtalik bilan oshirishdan va sog‘iladigan hayvonni bir necha kun sog‘masdan sutini
ko‘paytirib sotishdan man qildilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Foyda: qishloqda yashovchi kishi qiyinchilik bilan narsalarni yig‘ib-terib olib kelsa-yu,
shaharda yashovchilar uni aldab bozorda narx-navo pastlab ketganini aytib, dehqonni
shunga ishontirishlari g‘irromlikdir. Islom g‘irromlikning barcha turini man etadi.
1778/5. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Ba’zilaringiz
ba’zilaringiz savdosini buzib o‘z narsalarini sotmasin. Birodari sovchi bo‘lgan ayolga
sovchi yubormasin. Lekin o‘zi izn bersa, unda joiz», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari. Bu lafz Muslimniki.
1779/6. Uqba ibn Omirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Mo‘min
mo‘minning birodaridir. Mo‘min kishiga birodari savdosini buzib o‘z narsalarini sotmasin
hamda birodari sovchi bo‘lgan xotinga to o‘zi tark qilmaguncha sovchi yubormasin»,
dedilar.
Imom Muslim rivoyati.
Do'stlaringiz bilan baham: