Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
232
Muslim rivoyatlari. 
1279/10. Laqiyt ibn Omirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu Zot Rasululloh (s.a.v.) 
huzurlariga borib: «Otam keksayib qoldilar. Na haj yoki umra qilish va na yo‘l yurishga 
qodir emaslar», deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) «Otang nomidan haj va umra 
qilavergin», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 
1280/11. Soib ibn Yaziddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men Rasululloh (s.a.v.) bilan birga 
haj qildim. O’shanda yetti yoshda edim». Imom Buxoriy rivoyati. 
1281/12. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Ravho degan joyda 
otliqlarga yo‘liqdilar. Va: «Sizlar kimsizlar?» dedilar. Ular: «Musulmonlarmiz», deyishdi. 
Ular: «O’zingiz kimsiz?» deyishdi. U zot: «Allohning rasuliman», dedilar. Bir xotin 
bolasini ko‘tarib turgan edi, Rasulullohdan (s.a.v.) «Mana shu bola ham haj qilishi 
mumkinmi?» deb so‘radi. U zot: «Ha, haji haj bo‘lib, senga savob bo‘ladi», dedilar. 
Imom Muslim rivoyati. 
1282/13. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bir tuya ustida haj 
qildilar. Yuklari ham o‘sha tuya ustida edi. Imom Buxoriy rivoyati. 
1283/14. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ukoz, Mijanna va Zulmajoz bozorlari 
johiliyat davridagi bozorlar edi. Sahobalar gunohga botsak kerak, deb gumon qilib haj 
mavsumida savdo qilishdan o‘zlarini tiyishar edi. Keyin Alloh taolo Baqara surasining 
198-oyatini nozil qildi: «(Haj safarida tijorat qilish bilan) Parvardigoringizdan fazlu 
karam istashingizda sizlar uchun hech qanday gunoh yo‘qdir». Imom Buxoriy rivoyati. 
235-BOB 
Shahidlar va ularga tenglashtirilganlar haqida 
1352/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Shahidlar 
beshtadir: 1. Vaboda o‘lgan. 2. Qorni og‘rib o‘lgan. 3. Cho‘kib o‘lgan. 4. Imorat ostida 
qolib o‘lgan. 5. Alloh yo‘lida vafot etgan», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
1353/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Siz kimlarni 
shahid, deb hisoblaysiz?» deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, kimki Alloh 
yo‘lida o‘ldirilsa, u shahiddir», deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Unday bo‘lsa, mening 
ummatimda shahidlar oz ekan-da!» dedilar. Sahobalar: «Unda shahidlar kim, Ey 
Allohning rasuli?» deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Kim Alloh yo‘lida o‘ldirilsa, u 
shahiddir. Kim Alloh yo‘lida vafot etsa, u shahiddir. Kim vaboga chalinib o‘lsa, u 
shahiddir. Kim qorin og‘rig‘i bilan o‘lsa, u shahiddir. Kim cho‘kib o‘lsa, u ham shahiddir», 
de dil ar. Imom Muslim rivoyati. 
1354/3. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim 
moli ostida (ya’ni, himoya qilayotib) o‘ldirilsa, u shahiddir», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
1355/4. Asharai mubashsharadan biri Abul A’var Said ibn Zayd ibn Nufayldan (r.a.) 
rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim moli ostida (ya’ni, himoya qilayotib) o‘ldirilsa, u 
shahiddir. Kim qoni himoyasida o‘ldirilsa, u shahiddir. Kim dini himoyasida o‘ldirilsa, u 
shahiddir. Kim ahli himoyasida o‘ldirilsa, u shahiddir», dedilar. Abu Dovud va Termiziy 
rivoyatlari. 
1356/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) 
huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli! Ayting-chi, agar bir kishi molimni tortib olishni 
xohlasa, nima qilay?» deganida, u zot: «Molingni bermagin», dedilar. «Agar men bilan 
urishishni xohlasa-chi?» degan edi, Rasululloh (s.a.v.) «U bilan urishgin», dedilar. U 
kishi: «Agar meni o‘ldirsa-chi?» dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Sen shahidsan», dedilar. U 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish