www.ziyouz.com
kutubxonasi
239
RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMGA
SALOVOT AYTISH KITOBI
243-BOB
Rasululloh(s.a.v.)ga salovot aytishning fazilati haqida
Alloh taolo:
«Albatta Alloh ham, Uning farishtalari ham Payg‘ambarga duo-yu salovot
ayturlar. Ey mo‘minlar, sizlar ham u Zotga salovot va salom aytinglar»
(Ahzob
surasi, 56-oyat), deb aytgan.
1396/2. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim
menga salovot aytsa, Alloh taolo unga o‘nta salovot aytadi», dedilar. Imom Muslim
rivoyati.
1397/3. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat
kuni menga eng yaqin bo‘ladigan kishilar menga ko‘p salovot aytadiganlardir», dedilar.
Imom Termiziy rivoyati.
1398/4. Avs ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kunlaringizning
eng yaxshisi juma kunidir. Ana shu kunda menga salovotni ko‘paytiringlar. Chunki
menga shu kuni salovotlaringiz ko‘rsatiladi», dedilar. Shunda sahobalar: «Ey Rasululloh,
sizning suyaklaringiz chirib ketsa, qanday qilib ko‘rsatiladi?» deyishdi. Rasululloh (s.a.v.)
«Alloh taolo payg‘ambarlarning jasadlarini yeyishni yerga harom qilgan», dedilar. Abu
Dovud, Nasaiy va Ibn Mojalar rivoyatlari.
1399/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir kishining
huzurida zikr qilinsam, lekin u menga salovot aytmasa, uning burni yerga ishqalsin»,
dedilar. Imom Termiziy rivoyati.
1400/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qabrimni bayram
o‘tkaziladigan joy qilib olmanglar. Balki menga salovot aytinglar. Qaerda bo‘lsanglar
ham, menga salovotlaringiz yetib keladi», dedilar. Abu Dovud rivoyati.
1401/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Biror kishi menga
salom aytsa, Alloh taolo ruhimni menga qaytaradi. Men salom aytgan kishiga alik
olaman», dedilar. Abu Dovud rivoyati.
1402/8. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir kishining huzurida zikr
qilinsam-u, menga salovot aytmasa, ana shu kishi baxildir», dedilar. Imom Termiziy
rivoyati.
1403/9. Fazola ibn Ubayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bir kishi
namozda duo qilayotganini eshitdilar. U Alloh taologa hamd va Rasulullohga (s.a.v.)
salovot aytmas edi. Shunda u zot: «Bu kishi shoshildi», deb haligi duo qilgan kishini
(yoki boshqa bir kishini) chaqirib: «Agar sizlardan biringiz namoz o‘qisa, Allohga hamdu-
sano, so‘ngra Uning rasuliga salovot aytib, bundan keyin xohlaganicha duo qilaversin»,
dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
1404/10. Abu Muhammad Ka’b ibn Ujradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bir kuni Rasululloh
(s.a.v.) huzurimizga chiqqan edilar, biz u zotga: «Ey Allohning rasuli, sizga qay tarzda
salom yo‘llashni bildik, lekin salovotni qanday qilib aytamiz?» desak, u zot: «(Sizlar)
«Allohumma solli ‘ala Muhammadin va ‘ala oli Muhammadin kama sollayta ‘ala oli
Ibrohima innaka hamidum majid. Allohumma barik ‘ala Muhammadin va ‘ala oli
Muhammadin kama barakta ‘ala oli Ibrohima innaka hamidum majid», deb aytinglar»,
dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1405/11. Abu Mas’ud al-Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Sa’d ibn Ubodanikida
majlis qilib o‘tirsak, huzurimizga Rasululloh (s.a.v.) kirib keldilar. Bashir ibn Sa’d (r.a.):
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |