www.ziyouz.com
kutubxonasi
161
786/10. Mug‘iyra ibn Shu’badan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kecha yo‘lda Rasululloh
(s.a.v.) bilan birga ketayotgan edim. U zot menga: «Suving bormi?» dedilar. Men:
«Ha», degan edim, u zot ulovlaridan tushdilar-da, qorong‘i yerga g‘oyib bo‘ldilar. Keyin
qaytib keldilar. Men idishdan suv quyib berdim. Yuzlarini yuvdilar. Ustlarida jundan
bo‘lgan chopon bor edi. (Uning yenglari tor bo‘lganidan) bilaklarini chiqara olmadilar.
Oxiri uni past tarafdan chiqarib, ikki bilaklarini yuvib, boshlariga mash tortdilar. Keyin
men mahsilarini yechish uchun qo‘limni uzatgan edim, u zot: «Qo‘yaver, chunki men uni
tahorat ila kiyganman», deb
uning ikkoviga mash tortdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda: «U zotda yengi tor shomiy chopon bor edi» bo‘lib kelgan.
Yana boshqa rivoyatda: «Bu voqe’a Tabuk g‘azotida bo‘lgan», deyiladi.
118-BOB
Ko‘ylak kiyishning mahbubligi to‘g‘risida
787/1. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Rasulullohga (s.a.v.)
liboslarning eng yaxshisi ko‘ylak edi», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
119-BOB
Ko‘ylak, uning yengi, ishton va sallaning qay darajada uzun
bo‘lishi va takabburlik yuzasidan osiltirishning haromligi
hamda takabburlik bo‘lmaganda buning makruhligi haqida
788/1. Asmo binti Yazid al-Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Rasululloh
(s.a.v.) ko‘ylaklarining yengi bilaklarigacha edi», deb aytdilar. Abu Dovud va Termiziy
rivoyatlari.
789/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim takabburlik bilan
libosini sudrab yursa, Qiyomat kuni Alloh taolo nazar solmaydi», deganlarida, Abu Bakr
(r.a.): «Ey Allohning Rasuli, ba’zida ishtonimni bog‘lab yurmasam, osilib qoladi, bu ham
kibrdanmi?» dedilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Sen buni takabburlik bilan
qiluvchilardan emassan», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Muslim bularni
ba’zisini rivoyat qilganlar.
Foyda:
Chunki amallar niyatga qarab bo‘ladi. Hukmlar ham niyat o‘zgarishiga qarab
o‘zgaradi. Ammo kim mutakabbirlik niyatida kiyimini uzaytirib yursa, qattiq va’idlar
borligi uqtirilyapti.
790/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh taolo Qiyomat
kuni ishtonini takabburlik bilan sudrab yuruvchilarga (rahmat nazari ila) qaramaydi»,
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
791/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Ishtonining ikki
to‘pig‘i pastidan tushgan miqdori do‘zax o‘tidadir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
792/5. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Uch toifa kishi borki,
Alloh Qiyomat kunida ularga gapirmaydi va ularni oqlamaydi hamda ular uchun alamli
azob bordir», deb uch bora shu so‘zni aytdilar. Shunda Abu Zarr (r.a.): «Hasrat-
nadomatda qolgurlar -ular kimlar o‘zi?» deganlarida, Rasululloh (s.a.v.): «Kiyimlarini
mutakabbirlik uchun uzun qilib kiyuvchilar, minnat qiluvchilar va molini yolg‘on qasamlar
bilan o‘tkazuvchi kishilar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Muslimning boshqa rivoyatlarida «Ishtonini uzun qilib kiyuvchilar» bo‘lib kelgan.
793/6. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Ishtonini, ko‘ylagini
va sallasini takabburlik bilan sudrab yuruvchilarga Alloh taolo Qiyomat kuni (rahmat
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |