www.ziyouz.com
kutubxonasi
102
ketayotganlarida qulog‘i kichkina bo‘lgan o‘limtik bir echkining oldidan o‘tib qoldilar.
Odamlar esa bu zotning atroflarida edi. Keyin Rasululloh (s.a.v.) uning qulog‘idan
ushlab: «Sizlarning qaysi biringiz buni bir dirhamga sotib olishni yaxshi ko‘radi?»
degandilar, sahobalar: «Biz uni sotib olishni yaxshi ko‘rmaymiz. Buni nima ham
qilardik?» deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) yana: «Bu sizlarga bo‘lishini yaxshi
ko‘rasizlarmi?» degandilar, ular: «Allohga qasamki, agar bu tirik bo‘lganda ham qulog‘i
kichikligi sabab aybi bor ekan. Endi o‘ligiga egalik qilishni kim ham yaxshi ko‘rardi?»
deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Allohga qasamki, bu dunyo Alloh huzurida sizlarga
mana bu o‘limtik echki qadrsiz bo‘lganidan ham ziyoda qadrsizdir», dedilar. Imom
Muslim rivoyatlari.
464/9. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Men Rasululloh (s.a.v.) bilan birga
Madinaning toshloq yerlarida ketayotgan edim, Uhud tog‘i ro‘paramizdan chiqib qoldi.
Shunda u zot: «Ey Abu Zarr», dedilar. Men: «Labbay, ey Allohning rasuli», dedim. U
zot: «Agar mana shu Uhud tog‘idek oltinim bo‘lsa, uning mening huzurimda uch kecha
bo‘lsa ham qolishi xushnud etmaydi. Faqat qarzimga to‘lamog‘im uchun yetarlisini
qoldirib, qolganini Alloh taoloning bandalari uchun unday va bunday hamda mana
bunday qilib sarf etinglar, degan bo‘lar edim», dedilar-da, o‘ng va chap hamda orqa
tomonlariga ishora qildilar, so‘ngra yo‘lga ravona bo‘lib «Bu dunyoda mol-dunyosi ko‘p
badavlat kishilar Qiyomat kuni (savob jihatidan) qashshoqdirlar. Lekin mol-dunyosini
unday va bunday hamda mana bunday, ya’ni o‘ng va chap hamda orqalaridan ehson
qiluvchilar unday emaslar. Ular kam sonli bo‘lishadi», dedilar, keyin: «Men kelg unimcha
o‘rningdan jilmay tur», deb tun qorong‘usida ko‘zdan g‘oyib bo‘ldilar. Birozdan keyin
begona bir tovushni eshitib Rasululloh (s.a.v.)ga biror narsa bo‘lmadimikan, deb xavotir
oldim. Oldilariga bormoqchi bo‘ldim-u, ammo «O’rningdan jilmay tur», deb aytgan
so‘zlari yodimga tushib bormadim. Qachonki, qaytib kelganlaridan so‘ng: «Ey Rasululloh,
bir ovozni eshitib xavotir oldim», deb voqeani eslatdim. U zot: «Haqiqatda eshitdingmi?»
dedilar. Men: «Ha», dedim. U zot: «Bu Jabroil alayhissalom edi. Menga kelib:
«Ummatlaringdan qaysi biri Alloh taologa biror narsani sherik qilmay vafot etsa,
jannatga kiradi», deb aytdi», dedilar. Shunda men: «Agar zino va o‘g‘irlik qilsa hammi?»
desam, u zot: «Agar zino va o‘g‘irlik qilsa ham», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari. Bu lafz Buxoriyniki.
465/10. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar Uhud
tog‘idek oltinim bo‘lsa, uch kecha o‘tmasdan mening huzurimda undan biror narsa
qolishi xushnud etmaydi. Faqatgina qarzimni to‘lashga biroz olib qolgan bo‘lsam, unday
emas», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
466/11. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «O’zingizdan past
(tabaqadagi)larga qarayveringlar-u, ammo o‘zingizdan yuqoridagilarga qaramanglar.
Mana shunday qilishingiz Allohning sizlarga bergan ne’matlarini past sanamasligingiz
uchun munosibdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu Imom Muslim
rivoyatlaridagi lafz.
Ammo Imom Buxoriy rivoyatlarida: «Agar sizlardan biringiz mol-dunyo va husn-
jamolda yuqoridagi kishiga qarasa, o‘zidan past bo‘lgan kishiga ham qarasin», deyilgan.
(Ya’ni, avvalgini ko‘rib o‘ksigan bo‘lsa, keyingini ko‘rib shukr qiladi.)
467/12. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Dinor va dirham
hamda baxmal va kimxob, ya’ni kiyimlarga o‘zini qul qilganlar halok bo‘lishdi. Agar
ularga bersang, rozi bo‘lishadi. Bermasang, rozi bo‘lishmaydi», dedilar. Imom Buxoriy
rivoyatlari.
468/13. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Men yetmishga yaqin ahli suffalarni
ko‘rdim-u, lekin ularning birortasida chopon yo‘q edi. Ularda faqat yo ishton, yo ko‘ylak
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |