54-BOB
Allohdan qo‘rqib yig‘lash hamda Unga intilishning
fazilati haqida
Alloh taolo:
«Ular yig‘lagan hollarida yuzlari bilan yiqilurlar va
(Qur’on)
ularning
xokisorliklarini ziyoda qilur»
(Isro surasi, 109-oyat);
«(Ey mushriklar),
hali sizlar mana shu so‘zdan
(Qur’ondan)
ajablanursizlarmi?
(Undagi oyatlarning benazir va bemisl o‘git-nasihatlaridan ta’sirlanib)
yig‘lamasdan,
g‘ofil bo‘lgan hollaringizda kulursizlarmi?»
(Najm surasi, 59-61-oyatlar) deb
aytgan.
446/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.): «Menga Qur’on o‘qib
ber», dedilar. Men: «Ey Allohning rasuli, sizga Qur’on o‘qib beramanmi? Vaholanki,
Qur’on o‘zingizga nozil qilingan bo‘lsa», desam, u zot: «Men Qur’onni o‘zimdan boshqa
kishidan eshitmoqni yaxshi ko‘raman», dedilar. Shunda men «Niso» surasini o‘qib «(Ey
Muhammad),
Biz har bir ummatdan
(o‘sha ummatning payg‘ambarini)
guvoh
keltirganimizda va sizni ana ularga qarshi guvoh qilganimizda, ularning holi ne
kechur?»
oyatiga yetsam, u zot: «Hozircha kifoya qiladi», dedilar. Keyin u zotga nazar
solsam, ikki ko‘zlaridan yosh oqmoqda ekan». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
447/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) bizga xutba aytdilar. Bu
kabi xutbani hech eshitmagan edim. U zot: «Agar sizlar men bilgan narsani
anglaganlaringizda edi, oz kulib ko‘p yig‘lagan bo‘lardingizlar», dedilar. Bu xutbani
eshitgan sahobalar yuzlarini berkitib piqillab yig‘lashar edi». Imom Buxoriy va Muslim
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
99
rivoyatlari.
448/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Allohdan qo‘rqib
yig‘lagan kishi hattoki sut ko‘krakka qaytmagunicha do‘zaxga kirmaydi (ya’ni, sut
ko‘krakka qaytishi qay darajada mumkin bo‘lmasa, mo‘minning do‘zaxga kirishi mumkin
emas). Va yana Allohning yo‘lidagi g‘ubor bilan jahannam tutuni bir yerda
jamlanmaydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
449/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh taolo yetti
toifa kishini soya yo‘q Kunda o‘z soyasidan (Qiyomat haroratida Arshning soyasidan)
panoh berur: 1) odil podshoh; 2) Allohning ibodatida o‘sgan yigit; 3) masjidga qalbi
muallaq bo‘lgan kishi, ya’ni masjiddan chiqib, to unga qaytguncha qalbi bog‘liq
bo‘luvchi; 4) Alloh yo‘lida do‘st bo‘luvchi ikki birodar shaxs, ular Alloh yo‘lida jam bo‘lib,
Uning yo‘lida ajraladilar; 5) bir kishini husnu jamolda tenggi yo‘q ayol (yomon niyatda)
o‘z nafsiga chaqirsa, u kishi Allohdan qo‘rqaman, deb javob qilsa; 6) bir kishi biror
sadaqa qilsa, o‘sha bergan sadaqasini shu darajada maxfiy qilsaki, o‘ng qo‘li bilan
berganini chap qo‘li sezmasa; 7) bir kishi xoli holda Allohni eslaganida, ko‘zidan yosh
oqsa», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
450/5. Abdulloh ibn Shaxxirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga
borsam, u zot namoz o‘qiyotgan ekanlar. Shu darajada yig‘layotgandilarki, ichlaridan
xuddi qozon qaynagandagi kabi tovush chiqar edi». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
451/6. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Ubay ibn Ka’bga: «Alloh
taolo «Lam yakunillaziyna kafaruv» surasini senga o‘qib berishimni amr etdi»,
deganlarida, Ubay ibn Ka’b: «Alloh mening nomimni zikr qildimi?» dedilar. Rasululloh
(s.a.v.) «Ha», dedilar. Buni eshitgan Ubay (r.a.) yig‘lab yubordilar. Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda: «Ubay ibn Ka’b yig‘lay boshladi», deyilgan.
452/7. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) vafotlaridan keyin Abu Bakr
(r.a.) Umarga (r.a.): «Yurgin, xuddi Rasululloh (s.a.v.) Ummu Aymanni ziyorat
qilganlaridek, biz ham uni ziyorat qilamiz», dedilar. Keyin ikkovlari Ummu Ayman
huzuriga borishganida, Ummu Ayman yig‘lab yubordi. Shunda ikkovlari: «Nimaga
yig‘layapsan? Rasululloh (s.a.v.)ga (bu dunyodan ko‘ra) Alloh huzuridagi narsa yaxshi
ekanini bilmaysanmi?!» deyishganida, Ummu Ayman: «Men buning uchun yig‘lamadim.
Albatta men Alloh huzuridagi narsa Rasululloh (s.a.v.)ga yaxshi ekanini bilaman. Lekin
meni yig‘latayotgan narsa (bu zot vafot etishlari bilan) osmondan vahiy tushishi to‘xtab
qolganidir», dedi. Ummu Aymanning yig‘isi ikkovlarini hayajonga solib, ular ham yig‘lab
yuborishdi. Imom Muslim rivoyatlari.
453/8. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)ning kasalliklari
kuchayganda «Namozga chiqing», deyildi. U zot: «Abu Bakrga buyuringlar, odamlarga
imom bo‘lib namoz o‘qib bersin», dedilar. Shunda Oisha (r.a.): «Otam Abu Bakr ko‘ngli
bo‘sh kishilar. Agar Qur’on o‘qisalar, yig‘i ustun keladi», degandilar, Rasululloh (s.a.v.):
«Unga buyuringlar, odamlarga imom bo‘lib namoz o‘qib bersin», dedilar.
Boshqa rivoyatda: «Oisha (r.a.): «Otam Abu Bakr agar sizning o‘rningizda imom
bo‘lib tursalar, yig‘lab yuboradilar. Va kishilar (nima o‘qiyotganini) eshitishmaydi»,
dedilar», deyilgan. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
454/9. Ibrohim ibn Abdurahmon ibn Avfdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Otam Abdurahmon
ibn Avfning huzurlariga taom keltirildi. O’shanda ro‘zador edilar. Va bu zot: «Mus’ab ibn
Umayr shahid holatda o‘ldirildilar. Mendan yaxshi edilar. Kafanlash uchun bir chopondan
boshqa narsa topilmadi. Agar o‘sha chopon boshlariga yopilsa, oyoqlari ochilib qolar edi.
Agar oyoqlari yopilsa, boshlari ochilib qolar edi. Bu zotdan keyin bizga dunyo har qancha
ato qilindi. Ya’ni, faravonlik bo‘la boshladi. Yaxshiliklarimiz oxiratga zaxira qilinmasdan
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |