Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

 
27-BOB
Musulmonlarning hurmatlarini ulug‘lash va ularning haqlarini
bayon etish hamda ularga rahm-shafqat qilish bayonida
Alloh taolo: 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
57
«Kim Alloh harom qilgan narsalarni hurmat 
(rioya) 
qilsa, bas, bu Parvardigori 
nazdida o‘zi uchun yaxshidir» 
(Haj surasi, 30-oyat); 
«Kim Alloh qonunlarini hurmat qilsa, bas, albatta 
(bu hurmat) 
dillarning 
taqvodorligi sababli bo‘lur» 
(Haj surasi, 32-oyat); 
«Mo‘minlar uchun qanotingizni past tuting 
(ya’ni, mudom kamtar-tavozu’li 
bo‘ling)» (Hijr surasi, 88-oyat); 
«Kimki biron jonni o‘ldirmagan va yerda buzg‘unchilik qilib yurmagan 
odamni o‘ldirsa, demak, go‘yo barcha odamlarni o‘ldiribdi va kimki unga hayot 
ato etsa 
(ya’ni, o‘ldirishdan bosh tortsa), 
demak, go‘yo barcha odamlarga hayot 
beribdi» 
(Moida surasi, 32-oyat), deb aytgan. 
223/1. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Mo‘min mo‘min uchun 
xuddi imoratdagi bir-biriga suyanib mustahkam turgan (ustunlar)ga o‘xshaydi», deb 
barmoqlarini bir-biriga kirgizdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
224/2. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki bizlarning 
masjidlarimiz yoki bozorlarimizdan o‘tib ketayotganida, u bilan birga (o‘qdonida) o‘q 
bo‘lsa, uni mahkamlab ushlasin yoki (qilich, xanjar) tig‘ini kafti ila ushlab yursin. Zero, u 
sababidan musulmonlardan birortasiga ozor yetmasin», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
225/3. No‘‘mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 
«Mo‘minlarning bir-birlariga bo‘lgan do‘stliklari, rahmli bo‘lishlari va mehribonliklari 
xuddi jasadga o‘xshaydi. Agar undan biror a’zo og‘risa, jasadning boshqa (a’zolari) 
bedor bo‘lib, isitmaga mubtalo bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
226/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Hasan ibn Alini 
o‘pdilar. Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida shu payt Aqro’ ibn Hobis bor edi. Shunda Aqro’: 
«Mening o‘nta farzandim bor-u, ulardan birortasini o‘pmayman», dedi. Rasululloh 
(s.a.v.) unga qarata: «Kim rahm qilmasa, unga nisbatan ham rahm qilinmaydi», dedilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
227/5. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. A’robiylardan bir necha kishi Rasululloh (s.a.v.) 
huzurlariga kelib: «Sizlar yosh go‘daklaringizni o‘pasizlarmi?» deyishganida, Rasululloh 
(s.a.v.) «Ha», dedilar. A’robiylar: «Lekin Allohga qasamki, biz ularni o‘pmaymiz», 
deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Alloh qalblaringizdan rahmatni tortib olsa, men 
o‘rniga solib qo‘ya olarmidim?!», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
228/6. Jarir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki 
insonlarga rahm qilmasa, Alloh ham unga rahm qilmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
229/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan 
biringiz kishilarga imom bo‘lib namoz o‘qib bersa, yengil qilsin. Chunki ularning orasida 
zaiflar, bemorlar va keksa yoshdagilar bordir. Agar o‘zi uchun (tanho) o‘qisa, 
xohlaganicha uzun qilaversin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Boshqa bir rivoyatda «Ularning ichida hojatmandlari bordir» bo‘lib kelgan. 
230/8. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) ba’zi amallarni bajarishni 
yaxshi ko‘rsalar ham, uni tark qilardilar. Chunki xalq o‘sha narsaga amal qila boshlasa, 
ularga farz bo‘lib qolishidan xavf qilardilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
231/9. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) sahobalarga rahm qilib, 
ro‘zani bir-biriga bog‘lashdan (ya’ni, ikki ro‘zaning o‘rtasida iftorlik qilmaslikdan) man 
qildilar. Shunda sahobalar: «Ey Allohning rasuli, siz bog‘laysiz-ku?» deyishganida, 
Rasululloh (s.a.v.) «Men ko‘rinishda sizlar kabi emasman. Yotganimda Rabbim meni 
ovqat hamda ichimlik bilan ta’minlaydi» (ya’ni, yegan va ichganning quvvatini menda 
hosil qiladi), dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish