Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet390/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
326
hasharot Ibrohim alayhissalomni yondirish uchun yoqilgan olovni purkagandir», dedilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1863/57. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim 
kaltakesakka o‘xshash zararli hasharotni bir zarbada o‘ldirsa, o‘sha kishiga shuncha va 
shuncha hasanot bo‘ladi. Kim ikkinchi zarbada o‘ldirsa, shuncha va shuncha hasanot 
bo‘ladi, ya’ni avvalgisidan ozroq. Kim uchinchi zarbada o‘ldirsa, shuncha va shuncha 
hasanot bo‘ladi, ya’ni avvalgi ikkitadan ozroq bo‘ladi», dedilar. 
Boshqa rivoyatda «Kim kaltakesakka o‘xshash zararli hasharotni o‘ldirsa, unga yuzta 
hasanot yoziladi. Ikkinchi zarbada o‘ldirsa, undan ozroq hasanot yoziladi. Kim uchinchi 
zarbada o‘ldirsa, ikkovidan ozroq hasanot yoziladi» bo‘lib kelgan. 
1864/58. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Bir kishi 
sadaqa berish niyatida ko‘chaga chiqdi-da, (bilmagan holda) bir o‘g‘rining qo‘liga 
topshirib qo‘ydi. Odamlar: «Bir kishi kechasi chiqib bir o‘g‘riga sadaqasini topshiribdi», 
deb gap tarqatishdi. U kishi: «Allohga hamd bo‘lsin», dedi-da, sadaqa berish niyatida 
ko‘chaga chiqib, (bilmagan holda) bir zinokorning qo‘liga topshirib qo‘ydi. Odamlar: «Bir 
kishi kechasi chiqib bir zinokorning qo‘liga sadaqasini topshiribdi», deb gap tarqatishdi. 
U kishi: «Allohga hamd bo‘lsin», dedi-da, sadaqa berish niyatida yana ko‘chaga chiqdi va 
(bilmagan holda) bir boy kishining qo‘liga topshirib qo‘ydi. Odamlar: «Bir kishi kechasi 
chiqib bir boyning qo‘liga sadaqasini topshiribdi», deb gap tarqatishdi. U kishi: «O’g‘riga, 
zinokorga va boyga sadaqani topshirganim uchun Allohga hamd bo‘lsin», dedi. Keyin bu 
kishi tush ko‘rdi. Tushida unga: «O’g‘riga bergan sadaqang sababli shoyad o‘g‘ri u ishini 
tark etsa, zinokorga bergan sadaqang sababli shoyad zinokor u ishini to‘xtatsa va boyga 
bergan sadaqang sababli shoyad u boy ibratlanib, Alloh bergan mol-dunyodan infoq 
qilsa», deyildi». Imom Buxoriy rivoyati. 
1865/59. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan birga 
edik. U zotni taomga chaqirib bir qo‘yning qo‘lini pishirib olib kelishdi. U zot uning 
atrofidan tishlab yedilar. Va aytdilar: «Qiyomat kuni men odamlarning sayyididirman. 
Nima uchun shundayligini bilasizlarmi? Ana shu kunda Alloh taolo avvalidan to oxirgi 
xalq qilingan kishigacha bo‘lgan kishilarni bir tepalikka jamlaydi. Qaralganda bir nazar ila 
ko‘rish imkoni bo‘ladi. Barcha xaloyiq bir chaqiruvchining ovozini eshitadi. Quyosh ularga 
yaqinlashtiriladi. Buning sababidan odamlar toqat qilib ko‘tara olmaydigan darajada 
g‘am va xafalik yetadi. Odamlarga: «Sizlarga bo‘layotgan bu hodisalarga 
qaramaysizlarmi? Rabbilaringizga bu to‘g‘rida kim shafe’ (vositachi) bo‘ladi, bunga ham 
qaramaysizlarmi?» deyishadi. Shunda ba’zilari ba’zilariga: «Vositachi bo‘luvchi shaxs 
otalaringiz Odam alayhissalomdirlar», deyishadi. Keyin ular u zotning huzurlariga borib: 
«Ey Odam alayhissalom! Siz butun bashariyatning otasisiz. Alloh taolo sizni O’z qo‘li 
bilan xalq qilib, jon ato etgan. Hamda farishtalarga buyurdi, ular sizga sajda qilishdi va 
sizni jannatda turg‘izdi. Bizga shafe’lik (vositachilik) qiling. Bizga nima bo‘layotganini 
ko‘rmayapsizmi?» deyishadi. Odam alayhissalom: «Bugun Rabbim shunday g‘azab 
qildiki, bundan oldin bunday g‘azab qilmagan. Bundan keyin ham bunaqasi bo‘lmaydi. 
Chunki u meni bir daraxtdan man qilgan edi. Men Unga osiylik qilib (eb qo‘ydim). Men 
o‘zimning g‘amim bilan ovoraman. Sizlar mendan boshqa kishi huzuriga boringlar. Nuh 
payg‘ambarning huzuriga bora qolinglar», deydilar. Ular Nuh alayhissalom huzurlariga 
borib: «Ey Nuh, siz yer yuzida birinchi rasuldirsiz. Alloh sizni «Shukr qiluvchi banda», 
deb nomladi. Bizni bu kundagi ahvolimizga va bizga bo‘layotgan mana bu narsalarga 
qaramaysizmi? Siz bugun bizga Rabbingiz o‘rtasida shafoatchi (vositachi) bo‘ling», 
deyishadi. Nuh alayhissalom: «Bugun Rabbim shunday g‘azab qildiki, bundan avval bu 
kabi g‘azab qilmagan edi. Bundan keyin ham bu darajada g‘azab qilmaydi. Men sizlarga 
vositachi bo‘la olmayman. Chunki men qavmimni duoibad qilib (xatoga yo‘l 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish