www.ziyouz.com
kutubxonasi
292
bo‘ladigan narsadir. Agar shunday bo‘lsa, u shumlanish ularni qiladigan ishlaridan
to‘smasin», dedilar. Men yana: «Oramizda yana shunday kishilar borki, (ba’zi narsalarni
bilish uchun yerga) chiziq tortishadi», desam, u zot: «Ilgarigi payg‘ambarlardan birlari
ham chiziq tortar edi. Kimning chizig‘i o‘sha payg‘ambarning chizig‘iga muvofiq kela
olsa, zarari yo‘qdir. Ya’ni, o‘sha payg‘ambarning chizig‘idek torta olmaydi. Shuning
uchun chiziq tortmasin», dedilar». Imom Muslim rivoyati.
1672/6. Abu Mas’ud al-Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v) it sotib,
uning pulini olishdan, buzuq xotinni (birorta kishiga) topshirib, uning mahrini olishdan
hamda folbinlarga hadya (shirinlik) berishdan man etdilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
304-bob
Shumlanishdan qaytarilgani haqida
Bu haqda yuqoridagi boblarda ham hadislar keldi.
1673/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kasal yuqishi hamda
yomon shumlanish yo‘qdir. Yaxshilikka yo‘yish (nekbinlik) menga ma’qul narsadir»,
deganlarida, sahobalar: «Nekbinlik nima?» deb so‘rashdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.)
«Yaxshi(likka yo‘yilgan) so‘zlar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1674/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kasal yuqishi hamda
yomon shumlanish yo‘q narsadir. Agar biror narsada shumlanish bo‘lsa, hovlida, xotinda
va otda bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Foyda: uyning shumligi uning torligi va qo‘shnilarning yomonligida bo‘ladi. Xotinning
shumligi diyonatsiz, badxulqligida bo‘ladi. Otning shumligi esa egasini mindirmasligida
bo‘ladi.
1675/3. Buraydadan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh (s.a.v.) yomon shumlanmas
edilar», deb aytdilar. Abu Dovud sahih isnod bilan rivoyat qilganlar.
1676/4. Urva ibn Omirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida
shumlanish haqida zikr etilganida, u zot: «Ularning eng yaxshisi nekbinlik (yaxshilikka
yo‘yish)dir. Musulmon kishining bunday shumliklar irodasidan qaytara olmaydi. (Chunki
musulmon hamma narsa Alloh taolodan bo‘lishligini, undan boshqasi ta’sir o‘tkaza
olmasligini biladi.) Agar sizlardan biringiz tabiatiga ma’qul kelmagan narsalarni ko‘rib
qolsa, «Allohumma la ya’tiy bil hasanoti illa anta. Vala yadfa’u sayyioti illa anta. Va la
havla va la quvvata illa bika» duosini o‘qisin», dedilar. (Ma’nosi: «Allohim, Sendan
boshqa yaxshilik keltirguvchi va Sendan boshqa yomonlikni ketkazuvchi hamda Sendan
boshqa kuch-quvvatli Zot yo‘qdir».) Abu Dovud rivoyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |