www.ziyouz.com
kutubxonasi
291
dod-voy solib yig‘lovchi ayol agar bu dunyoda tavba qilib olmasa, qiyomat kuni olovni
alangalatuvchi qora suyuq moddadan ko‘ylak va qo‘tirdan boshqa kiyim-kechaklar
kiygizilib tik qilib qo‘yiladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
1664/9. Tobe’in Usayd ibn Usayddan rivoyat qilinadi. Bay’at qilgan xotinlardan biri:
«Rasululloh (s.a.v.) bizdan osiylik qilmaslikka, dod-voy solmaslikka, yoqalarni
yirtmaslikka va sochlarni to‘zg‘itib yubormaslikka bay’at oldilar», deb aytdi. Abu Dovud
hasan isnod ila rivoyat qilganlar.
1665/10. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi Rasululloh (s.a.v.) «Biror odam vafot
etsa-yu, uning atrofidagilar «voy (ishongan) tog‘im», «voy xojam» yoki shunga o‘xshash
narsalarni aytib yig‘lasa, ikki vakil qilingan farishta: «Haqiqatda shundaymisan?» deb
vafot qilgan kishining ko‘kragiga urishadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyati.
1666/11. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Insonlarda ikki
xislat borki, ular ana shu ikki xislat bilan kufrdadirlar: nasabini haqorat qilish va
mayyitga baland ovoz bilan yig‘lash», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
303-bob
Kohin, munajjim, folbin hamda qum, tosh, arpa va shularga
o‘xshash narsalar yordamida fol ochuvchilar huzuriga borishdan
qaytarilgani haqida
1667/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Odamlar Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib
kohin va folbinlar haqida so‘rashganida, u zot: «Ular gapining o‘rni yo‘q», dedilar.
Odamlar: «Ey Allohning rasuli, gohida o‘sha folbinlar aytgan so‘z to‘g‘ri chiqib qoladi-
ku?» deyishgan edi, u zot: «Aslida bu so‘zlar haq bo‘lib, uni jinlar ilib olishadi, o‘z
do‘stlari - folbinlar qulog‘iga yetkazib beradi. Folbinlar esa o‘sha narsalarga yuzta
yolg‘onni qo‘shib, odamlarga yetkazadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Imom Buxoriyning Oishadan qilgan rivoyatlarida keltirilishicha esa, Rasululloh (s.a.v.)
«Farishtalar bulutga tushib, osmonda hukm qilingan ishlar xususida gaplashishsa,
shayton ularning so‘zlariga o‘g‘rincha quloq tutib eshitib oladi-da, folbinlarga eshitgan
narsasini yetkazadi. O’z-o‘zidan folbinlar o‘zlaridan yuz xil yolg‘onni qo‘shib xalqqa
tarqatishadi», dedilar.
1668/2. Safiyya binti Abu Ubaydning Rasulullohning (s.a.v.) ba’zi xotinlaridan qilgan
rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) «Kim folbin yoki munajjim huzuriga borib
biror narsa haqida so‘rasa, keyin folbin bergan javobga ishonsa, o‘sha kishining qirq
kun o‘qigan namozi qabul etilmaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
1669/3. Qubaysa ibn Muxoriqdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Tayoqcha
bilan yerga chiziq tortib biror narsa haqida xabar berish, yomon narsa bilan shumlanish
va qushlarni uchirib fol ochish, ya’ni o‘ng tomonga uchsa, ishini bajarib, chap tomonga
uchsa, shumlanish sehr amalidandir», dedilar. Abu Dovud hasan isnod bilan rivoyat
qilganlar.limning shartlariga binoan sahih isnod ila rivoyat qilganlar.
1670/4. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim munajjimlik
ilmidan ta’lim olib o‘zlashtirsa, sehrgarlikdan bir qism o‘rganibdi. Ya’ni, munajjimlik
ilmidan ta’lim olishni ko‘paytirsa, sehrgarlikdan ham o‘shanchasini o‘zlashtiribdi»,
dedilar. Abu Dovud sahih isnod bilan rivoyat qilganlar.
1671/5. Muoviya ibn Hakamdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men: «Ey Allohning rasuli!
O’zim Islomga kirganimga oz kun bo‘ldi. Alloh taolo dunyoga Islom dinini olib keldi.
Oramizda shunday kishilar borki, hali ham folbinlarga borishadi», desam, u zot: «Sen
bormagin», dedilar. Va yana: «Oramizda yana shunday kishilar ham borki, ba’zi
narsalarda yomon shumlanishadi», desam, u zot: «Bu narsa ularning qalblarida paydo
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |