Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
271
surasi, 72-oyat), deb aytgan.
1549/1. Abu Bakra Nufay’ ibn Horisdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.)
«Sizlarga kabira (ulkan) gunohlar haqida xabar beraymi?» deb so‘radilar. Biz: «Ha,
ayting, ey Allohning rasuli!» dedik. Shunda u zot: «Allohga biror narsani sherik qilmoq,
ota-onaga oq bo‘lmoq,
- deb suyanib turgandilar, to‘g‘ri o‘tirib olib, -ogoh bo‘linglar,
yolg‘on so‘z va yolg‘on guvohlik bermoq», deb takrorlayverdilar, hatto biz: «Qaniydi, jim
bo‘lsalar-ku», deb umid qildik».
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
264-bob
Biror kishi yoki hayvonni la’natlashning haromligi haqida
1550/1. Abu Zayd ibn Sobit ibn Zahhok al-Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. (Bu zot
Rizvon bay’atida ishtirok etgan sahobalardan biridir.) Rasululloh (s.a.v.): «Kim qasddan
bir narsaga yolg‘ondan qasam ichib (bu ish shundoq bo‘lsa yo bo‘lmasa) Islomdan
boshqa millatda (ya’ni, yahudiy, nasroniy va yoki majusiy) bo‘lay, desa, o‘sha
niyat qilib
aytgan dinida bo‘ladi (ya’ni, Islomdan chiqadi). Kim o‘z joniga o‘zi biror narsa bilan qasd
qilsa, qiyomat kuni o‘sha narsa bilan azob beriladi. Kim bajarishga qodir bo‘linmaydigan
narsani nazr qilsa, uni bajarish lozim emas. Mo‘minni la’natlash uni o‘ldirish kabidir»,
dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1551/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «La’natni ko‘p
aytish chin musulmonga loyiq emas», dedilar.
Imom Muslim rivoyati.
1552/3. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Ko‘p la’nat aytuvchi
kishi
qiyomat kunida shafoatchi ham, guvohlik beruvchi ham bo‘lmaydi», dedilar.
Imom
Muslim rivoyati.
1553/4. Samura ibn Jundubdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Allohning
la’nati bo‘lsin, Allohning g‘azabi bo‘lsin va Allohning do‘zaxi bo‘lsin, deb so‘kishmanglar»,
dedilar.
Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
1554/5. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Mo‘min kishi ko‘p
so‘kuvchi ham, ko‘p la’natlovchi ham, fahsh so‘zlarni aytuvchi ham, odobsiz ham
bo‘lmaydi», dedilar.
Imom Termiziy rivoyati.
1555/6. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Agar banda biror
narsa ila la’natlasa, la’nati osmonga ko‘tariladi. Osmon eshiklari uning ro‘parasida
yopiladi. So‘ngra yerga tushadi. Bas, uning eshiklari ham yopiladi. So‘ngra o‘ng
va chap
tomonga boradi. Agar imkoniyat topa olmasa, la’natlangan kishiga qaytadi. Agar uning
sohibi o‘sha la’natga ahl (munosib) bo‘lsa, unda qoladi. Agar ahl bo‘lmasa, aytgan
kishining o‘ziga qaytadi», dedilar.
Abu Dovud rivoyati.
1556/7. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) safarlarning
birida ekanliklarida ansoriylardan
bir ayol tuyadan achchiqlanib, uni la’natladi. Buni
Rasululloh (s.a.v.) eshitib: «Bundagi narsalarni olib, tuyani qoldiringlar, chunki tuya
la’natlangandir», dedilar. Imron (r.a.):
«Men u tuyani hozir ko‘rgandekman. U kishilar
orasida yuradi-yu, ammo unga biror kishi yuzlanmaydi», deb aytganlar.
Imom Muslim
rivoyati.
1557/8.
Abu Barzadan 4$> rivoyat qilinadi. Bir joriya qiz qavmning yuki turgan
tuyada edi. Tog‘ning tor joyida u Rasulullohni (s.a.v.) ko‘rib tuyaga «To‘xta! Alloh seni
la’natlasin», deb yubordi. Shunda Rasululloh (s.a.v.)
«Bu la’natlangan tuyani bizga
hamroh qilmang», dedilar.
Imom Muslim rivoyati.
Bilingki,
bu hadis mushkul, deb bilinadi. Aslida bu hadisda ishkallik yo‘qdir. Ya’ni,
tuyaning birga yurishini Rasululloh (s.a.v.) xohlamayaptilar, xolos. Bu o‘sha tuyani
sotish, so‘yish va minishdan qaytariq, degani emas. Vallohu a’lam.