Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
178
145-BOB
Kasalga o‘qiladigan duolar haqida
900/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohga (s.a.v.) birov bir narsadan -
chaqami, jarohatmi - shikoyat qiladigan bo‘lsa, ko‘rsatkich barmoqlarini yerga qo‘yib,
so‘ngra ko‘tarib, quyidagi duoni o‘qir edilar:
«Bismillahi turbatu arzina biriyqoti ba’zina yushfa bihi saqiymuna biizni Rabbina».
(Ma’nosi: Allohning ismi bilan, yerlarimizning tuprog‘i bilan, ba’zilarimizning tupugi bilan
Rabbimizning izni ila kasallarimiz shifo topadi.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
901/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ahllaridan ba’zilariga o‘ng
qo‘llarini surtib, panoh tilab, quyidagi duoni o‘qirdilar:
«Allohumma Rabban nasi azhibil ba`sa ishfi anta shafiy la shifaa illa shifauka shifaan
la yug‘odiru saqoma». (Ma’nosi: Allohim, Sen insonlarning Rabbisan, qiyinchiliklarni
ketkaz, shifo ber, Sen shifo beruvchisan. Sening shifoingdan boshqa shifo yo‘q. Sen
bergan shifo birorta ham kasallik qoldirmaydi.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
902/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Sobitga (r.a.): «Rasululloh dam solib
o‘qiydiganlari bilan dam solaymi?» deb quyidagilarni aytdilar:
«Allohumma Rabban nas, muzhibal ba`si ishfi anta shafiy, la shafiya illa anta
shifa`an la yug‘odiru saqoma». (Ma’nosi: Allohim, Sen insonlarning Rabbisan,
qiyinchiliklarni ketkaz, shifo ber, Sen shifo beruvchisan. Sening shifoingdan boshqa shifo
yo‘q. Sen bergan shifo birorta ham kasallik qoldirmaydi.) Imom Buxoriy rivoyatlari.
Foyda:
Dam solish uchun quyidagi uch narsa shart qilindi. 1. U Allohning kalomidan
yoki ismlaridan yoki sifatlaridan bo‘lishi kerak. 2. U arab tilida yoki o‘zi tushunadigan
lug‘atda bo‘lishi kerak. 3. Dam solishning o‘zi ta’sir o‘tkaza olmaydi, balki Allohning
taqdiri bilan foyda beradi degan e’tiqodda bo‘lishi kerak. Endi yuqoridagi hadisda kelgan
lafz ila dam solish mahbubroqdir.
903/4. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v.) kasalligimda
meni ko‘rgani kirib:«Allohumma ishfi Sa’dan, Allohumma ishfi Sa’dan, Allohumma ishfi
Sa’dan» (Sa’dga shifo ber), deb aytdilar». Imom Muslim rivoyatlari.
904/5. Abu Abdulloh Usmon ibn Abul Osiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot o‘zlariga
kasallik yetganidan Rasulullohga shikoyat qildilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.) u zotga:
«Og‘riyotgan yeringga qo‘lingni qo‘y, «Bismilloh»ni uch marta aytib: «A’uzu bi’izzatillahi
va qudrotihi min sharri ma ajidu va uhaziru», deb yetti marta o‘qi», dedilar. (Ma’nosi:
Allohning izzati va qudrati ila o‘zimda topadigan va hazar qiladigan narsaning
yomonligidan panoh tilayman.) Imom Muslim rivoyatlari.
Foyda:
Kishi o‘ziga-o‘zi, hadisda kelgan duolar bilan dam solishi mahbubligi ma’lum
bo‘ladi.
905/6. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim kasal ko‘rgani
borganida, agar ajali yetmagan bo‘lsa, uning huzurida yetti marta:
«As`alullohal ‘aziym Rabbal ‘arshil ‘aziym an yashfiyaka», desa, Alloh taolo uni
kasalidan xalos qiladi», dedilar. (Ma’nosi: Ulug‘ Allohdan, buyuk arsh Rabbidan senga
shifo berishini so‘rayman.) Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari
906/7. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bir a’robiyni kasalligida
ko‘rgani kirdilar. Agar kasal ko‘rgani kirsalar:
«La ba`sa tohurun inshaalloh» (Zarari yo‘q, inshaalloh, bu kasallik seni poklaydi),
deb aytish u zotning (s.a.v.) odatlari edi. Imom Buxoriy rivoyatlari
907/8. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Jabroil (a.s.) Rasululloh (s.a.v.)
huzurlariga kelib: «Ey Muhammad, tobingiz yo‘qmi?» deb so‘radilar. Rasululloh (s.a.v.)
«Ha», deb javob berganlarida, Jabroil (a.s.): «Bismillahi urqiyka, min kulli shay`in
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |