115-BOB
Odamlarni suv bilan siylagan kishi o‘zi oxirida ichishining
mahbubligi to‘g‘risida
771/1. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Odamlarni suv bilan
siylagan kishi o‘zi oxirgi bo‘lib ichadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
116-BOB
Tilla va kumushdan tashqari barcha pok idishlarda va qo‘lda,
idishsiz og‘iz bilan anhordan suv ichishning joizligi hamda suv
ichishda, ovqatlanishda, tahorat olishda va boshqa ishlarda tilla
va kumush idishlar ishlatishning haromligi haqida
772/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni namoz vaqti kirganida uyi yaqinlar
(tahorat olish uchun) o‘z xonadonlariga kirib ketishdi. Boshqalar esa o‘sha joyda
qolishdi. Rasulullohga (s.a.v.) toshdan yasalgan bir idish olib kelindi. U idish shu qadar
kichik ediki, u zotning kaftlari yozilsa, sig‘mas edi. O’sha yerdagi hamma odam shu
idishdagi suvda tahorat qildi. Anasdan (r.a.): «O’shanda qancha kishi edingizlar?» deb
so‘rashdi. Anas (r.a.): «Sakson va undan ko‘proq kishi edik», dedilar. Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
Bu imom Buxoriy rivoyatlaridagi lafz. Imom Muslimning rivoyatlarida: «Rasululloh
(s.a.v.) idishda suv olib kelinishini buyurdilar. Bas, sayoz bir idishda suv keltirildi. Va
barmoqlarini unga tiqib turdilar. Anas (r.a.) aytadilar: «Suvga qarasam, u zotning
barmoqlari orasidan suv toshib chiqayotgan edi. U yerda tahorat qilayotganlarning soni
yetmish bilan sakson o‘rtasida, deb taxmin qildim».
773/2. Abdulloh ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni Rasululloh (s.a.v.)
huzurimizga keldilar. Biz u zotga misdan bo‘lgan idishda suv keltirdik. U zot o‘sha suvda
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
159
tahorat qildilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
774/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bir kuni sahobalar bilan
birga ansoriylardan birining uyiga kirib: «Huzuringda kechasi meshga olib qo‘ygan
suving bo‘lsa, keltir. Bo‘lmasa, og‘zimiz bilan ichamiz», dedilar. Imom Buxoriy
rivoyatlari.
775/4. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ipak va kimxob kiyishdan
hamda tilla, kumush idishlarda suv ichishdan ma’n qildilar. Va: «Bu narsalar bu dunyoda
kofirlar uchun, oxiratda esa sizlar uchundir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
776/5. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kumush
idishlarda suv ichadiganlar qornini do‘zax oloviga to‘ldiribdi», dedilar. Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
Imom Muslimning rivoyatlarida: «Tilla va kumush idishlarda suv ichuvchi va
ovqatlanuvchilar» bo‘lib kelgan. Muslimning boshqa rivoyatlarida: «Kim tilla yoki
kumush idishda (suv) ichsa, qornini do‘zax oloviga to‘ldiribdi», deyilgan.
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |