Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
152
TAOM ODOBLARI KITOBI
100-BOB
Taomning avvalida «Bismillah» va oxirida «Alhamdulillah» deb aytishning
fazilati haqida
726/1. Umar ibn Abu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) menga:
«Taomning avvalida «Bismillah» degin, o‘ng qo‘ling bilan yegin va o‘z oldingdan yegin»,
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Foyda:
Imom Navaviyning fikrlaricha, ovqat xususida shunday qilish joiz. Lekin
mevada esa xohlagan joyidan tanlab yeyaveradi.
727/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan biringiz
(ovqat) yeydigan bo‘lsa, ana shu taomning avvalida Alloh ismini zikr qilsin (ya’ni,
«Bismillah»ni aytsin). Agar avvalida Alloh ismini zikr etishni unutsa, «Bismillahi avvalahu
va oxirahu», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: «Ovqatning avvali va oxiriga bismillah»)
Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
728/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasulullohdan (s.a.v.) quyidagilarni eshitdim:
«Kim uyiga kirayotganida va taom paytida Allohni zikr qilsa, shayton sheriklariga:
«Sizlarga yotoq ham, ovqat ham yo‘q», deb aytadi. Kim uyiga kirayotib, Allohni zikr
qilmasa, shayton sheriklariga: «Yotoqlaringizga yetishdingiz», deydi. Taom paytida ham
Allohni zikr qilmasa, shayton sheriklariga: «Ovqatga ham, yotoqqa ham yetishdingiz»,
deydi». Imom Muslim rivoyatlari.
729/4. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Agar Rasululloh (s.a.v.) bilan birga ovqat
tanovul qilgani o‘tirsak, u zot qo‘llarini uzatmagunlaricha biz uzatmas edik. Bir gal u zot
bilan birga taomda bo‘lganimizda bir qiz kelib, ovqatga qo‘l uzatishga shoshayotganida u
zot qo‘lidan ushlab chetga olib qo‘ydilar. Keyin bir a’robiy kelib, u ham uzatmoqchi
bo‘lganida Rasululloh uning ham qo‘lidan ushlab, chetga olib qo‘ydilar. So‘ngra u zot:
«Albatta, shayton Alloh ismi zikr qilinmagan ovqatni o‘ziga halol qilib oladi. U (shayton)
ovqatni halol qilish uchun bu qizcha bilan keldi. Men uning qo‘lidan tutdim. So‘ngra
ovqatni halol qilish uchun bu a’robiy bilan keldi. Uning ham qo‘lidan tutdim. Mening
nafsim Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, u (shayton)ning qo‘li ular ikkovining qo‘li
bilan mening kaftimdadir», dedilar. Keyin Alloh ismini zikr qilib, ovqat tanovul qildilar».
Imom Muslim rivoyatlari.
730/5. Umayya ibn Maxshiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) o‘tirgan
edilar. Bir kishi ovqat tanovul qilib, oxirgi luqma qolguncha Alloh ismini zikr qilmadi.
Qachonki, oxirgi luqmani og‘ziga solayotganida «Bismillahi avvalahu va oxirahu» (ya’ni,
avvali-yu oxiriga Allohning ismi bilan), deb aytdi. Buni kuzatib turgan Rasululloh (s.a.v.)
kuldilar, so‘ngra u zot: «Shayton uning ovqatiga sherik bo‘lib tanovul qilayotgan edi.
Qachonki, bu kishi Alloh ismini zikr qilganida qornidagini qayt qilib yubordi», dedilar.
Abu Dovud va Nasaiy rivoyatlari.
Foyda:
Agar ovqat va ichimlik tanovul qilinayotganida Allohning ismi zikr qilinmasa,
albatta shayton unga sherik bo‘lishi uqtirilmoqda. Bu hadisning sharhida aytilishicha,
Rasululloh (s.a.v.) bu kishining «Bismillah»ni tark qilganini ish oxirida bildilar. Agar
avvalda bilganlarida jim turmasdan eslatar edilar.
731/6. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) sahobalardan olti nafari
bilan ovqatlanayotgan edilar. Shunda bir a’robiy kelib, o‘sha ovqatdan ikki luqma bilan
hammasini yeb qo‘ydi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar u Allohning ismini zikr qilganida, sizlar
to‘yar edingiz», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
732/7. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) dasturxon
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |