www.ziyouz.com
kutubxonasi
112
Rasululloh (s.a.v.) yakka o‘zlari kelsalar, to‘ydira olamiz. Bordiyu boshqalar bilan birga
kelsalar, unda yetmaydi», deb hadisning qolganini zikr qilganlar.
57-BOB
Qanoatli, iffatli hamda ro‘zg‘orda, ehson qilishda tejamkor
bo‘lish va zarurat tug‘ilmaganda kishilardan
narsa so‘rashning karohiyati haqida
Alloh taolo:
«O’rmalagan narsa borki, barchasining rizqi Allohning zimmasidadir»
(Hud
surasi, 6-oyat).
(Sadaqot-ehsonlar)
Allohning yo‘lida to‘silgan
(ya’ni o‘zlarini ushlagan),
biror
yerga safar qilishga qodir bo‘lmaydigan, qanoatlari sababli bilmagan odamga
boy-badavlat bo‘lib ko‘rinadigan faqir-kambag‘allar uchundir.
Ularning
(faqirliklarini)
siymolaridan bilib olasiz. Ular odamlardan tilanib turib
olmaydilar»
(Baqara surasi, 273-oyat).
«Ular infoq-ehson qilgan vaqtlarida isrof ham, xasislik ham qilmaslar,
(balki
ehsonlari)
ana o‘sha
(xasislik bilan isrofning)
o‘rtasida — mo‘‘tadil bo‘lur»
(Furqon
surasi, 67-oyat).
«Men jin va insni faqat O’zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim»
(Vaz-
zoriyat surasi, 56-oyat), deb aytgan.
Bunga dalil bo‘ladigan hadislarning aksariyati yuqoridagi ikki bobda keldi. Qolganlari
esa quyidagi hadislardir:
521/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mol-dunyosi ko‘p
bo‘lgan kishi boy deyilmaydi. Balki haqiqiy boy nafsi to‘q bo‘lgan kishidir», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
522/2. Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki
musulmon bo‘lib, kifoya qilgudek rizqlangan bo‘lsa va Alloh taolo o‘sha bergan rizqiga
qanoatli etib qo‘ygan bo‘lsa, batahqiq o‘sha kishi najot topibdi», dedilar. Imom Muslim
rivoyatlari.
523/3. Hakim ibn Hizomdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohdan (s.a.v.) bir narsa
so‘ragan edim. U zot so‘ragan narsamni berdilar. Keyin yana so‘ragan edim. Yana
berdilar. Uchinchi bor so‘ragan edim, yana berib: «Ey Hakim, bu mol-dunyo yam-yashil,
go‘zal narsadir. Kim uni saxiylik (boshqalarga ham berish) niyatida olsa, u narsasiga
baraka beriladi. Kimki uni o‘zida ushlab qolish niyatida olsa, u narsasiga baraka
berilmaydi hamda u kishi yeb to‘ymas bo‘lib qoladi. Yuqori qo‘l (ehson qiluvchi) past
qo‘ldan (tilanchidan) yaxshidir», degandilar, men: «Ey Allohning Rasuli, sizni haq bilan
yuborgan Zotga qasamki, sizdan keyin vafot etgunimcha hech bir kishidan biror narsa
so‘ramayman», dedim. Abu Bakr Siddiq (r.a.) xalifalik paytlarida hadya berish uchun
Hakimni (r.a.) chaqirganlarida, Hakim (r.a.) uni qabul etishdan bosh tortdilar. Keyin
Umar ibn Xattob hadya berish uchun Hakimni (r.a.) chaqirtirgan edilar, bu zot yana uni
qabul etishdan bosh tortdilar. Shunda Umar (r.a.): «Ey musulmonlar jamoasi,
Hakimning (r.a.) qilayotgan ishiga guvoh bo‘linglar. Men unga: «Alloh o‘ljalardan
ajratgan haqqingni olgin», desam, u olishdan bosh tortmoqda», dedilar. Mana shu
tarzda Hakim (r.a.) Rasulullohdan (s.a.v.) keyin to vafotlarigacha hech kimdan biror
narsa so‘ramadilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
524/4. Abu Burda (r.a.) Abu Musodan (r.a.) rivoyat qiladilar. «Biz olti kishi Rasululloh
(s.a.v.) bilan birga g‘azotga chiqdik. O’zimiz bilan bitta tuya bo‘lib, uni navbat bilan
minar edik. Oyoqlarimiz yorilib ketdi. Mening ham oyog‘im kesilib, tirnog‘im tushib ketdi.
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |