Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo
Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
77
342/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kishi
otasining
do‘stlari bilan bordi-keldi aloqalarini qilishi yaxshiliklarning oliysidir», dedilar.
Abdulloh ibn Dinor (r.a.) Abdulloh ibn Umardan (r.a.) qilgan rivoyatlarida
keltirilishicha, badaviylardan bo‘lgan bir kishi Makka ko‘chalarida
Abdulloh ibn Umarga
(r.a.) yo‘liqib salom berdi. Abdulloh ibn Umar (r.a.) o‘zlari minib turgan eshakka
mingashtirib, boshlaridagi sallalarini unga yechib berdilar. Ibn Dinor aytadilar: «Biz Ibn
Umarga: «Alloh sha’ningizni isloh qilsin, bu badaviy bo‘lsa, ozgina narsaga ham
ko‘naversa (muncha iltifot qilasiz)?», desak, Abdulloh ibn Umar (r.a.): «Bu badaviyning
otasi otam Umar ibn Xattobning do‘stidir. Men Rasululloh (s.a.v.)ning «Kishi otasining
do‘stlari bilan bordi-keldi aloqalarini qilishi yaxshiliklarning oliysidir», deb aytganlarini
eshitganman», dedilar».
Ibn Dinor (r.a.) Ibn Umardan (r.a.) qilgan boshqa rivoyatlarida quyidagicha keltiriladi:
«Ibn Umar (r.a.) agar Makkaga safar qilsalar, bir eshaklarida borardilar. Tuya minishdan
zeriksalar, o‘shani minardilar. Va yana boshlarini tang‘ib yuradigan bir sallalari bor edi.
Bir kuni
mana shu eshakda ketayotsalar, oldilaridan bir badaviy o‘tib qoldi. Ibn Umar
(r.a.) unga: «Sen falonchi o‘g‘li pistonchi emasmisan?» dedilar. Badaviy: «Ha», degan
edi, eshaklarini unga berib: «Buni mingin va mana bu salla bilan boshingni tang‘igin»,
deb o‘z sallalarini yechib berdilar. Shunda ba’zi do‘stlari: «Alloh seni mag‘firat qilsin,
tuyadan zerikkaningda minadigan eshagingni va boshingni tang‘ib yuradigan sallangni
nimaga bu badaviyga berib yubording?» deyishganida, Ibn Umar: «Rasululloh (s.a.v.):
«Kishining otasi vafot etganidan keyin do‘stlari bilan bordi-keldi
aloqalarini qilishi
yaxshiliklarning oliysidir», deb aytganlarini eshitganman. Chunki badaviyning otasi
mening otam Umar (r.a.) bilan do‘st edi», deb aytdilar».
Bularning barchasini Imom
Muslim rivoyat qilganlar.
343/2. Abu Usayd Molik ibn Rabiy’a as-So’idiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Bir kuni biz
Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida o‘tirgan edik. Bani salamalik bir kishi kelib: «Ey
Allohning
rasuli, ota-onam vafot etishganidan keyin ham ularga bo‘lgan yaxshilikni davom
ettirishim mumkinmi?» deganida, Rasululloh (s.a.v.): «Ha, ularning haqlariga duo qilib,
gunohlariga mag‘firat so‘rab,
ahd-kelishuvlarini bajarib, tirikliklarida bordi-keldi
qilinadigan qarindoshlar bilan aloqada bo‘lib, do‘stlarini hurmat qilish bilan ota-onangga
vafotlaridan keyin ham yaxshilik qilishing mumkin», dedilar».
Abu Dovud rivoyatlari.
344/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Men Xadichaga (r.a.) rashk qilganimdek
Rasululloh (s.a.v.)ni xotinlaridan birortasiga rashk qilmaganman. Xadichani (r.a.) hech
ko‘rmaganman. Lekin bu ayol haqida Rasululloh (s.a.v.) ko‘p zikr qilganlar. Gohida qo‘y
so‘yib, uning a’zolaridan ba’zisini ajratib Xadichaning do‘stlariga yuborardilar.
Gohida
men Rasulullohga: «Go‘yoki dunyoda Xadichadan boshqa ayol yo‘qdek gapirasiz»,
desam, u zot: «Xadicha unday edi va bunday bo‘lgan edi. Bolalarim shu ayoldan edi»,
deb uning yaxshiliklarini zikr qilardilar».
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda keltirilishicha, «Agar qo‘y so‘ysalar, kifoya qilgudek uning go‘shtidan
Xadichaning do‘stlariga hadya qilardilar».
Yana boshqa rivoyatda aytilishicha esa, «Agar qo‘y so‘ysalar, «Xadichaning do‘stlariga
yuboringlar», deb aytardilar».
Rivoyatlarning yana birida: «Xadichaning singillari Holatu binti Xuvaylid Rasululloh
(s.a.v.) huzurlariga kirish uchun izn so‘raganida, Xadichaning ovoziga o‘xshash bo‘lgani
uchun uni iznidanoq (so‘zidanoq yoki tovushidanoq) tanib oldilar. Bunga xursand bo‘lib:
«Allohim, (taajjublanganda shunday deyiladi), bu Holatu binti Xuvaylid-ku», dedilar»,
deyiladi.
345/4. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Jarir ibn Abdulloh al-Bajaliy (r.a.)